Breaking News

AQSh generali O'zbekiston rahbari bilan nima haqda gaplashdi?


General Jozef Votel, AQSh Markaziy qo'mondonligi rahbari
General Jozef Votel, AQSh Markaziy qo'mondonligi rahbari

Toshkentda AQSh va O’zbekiston o’rtasidagi harbiy hamkorlik muhokama qilingan. AQSh generali Jozef Votel Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan. Votel AQSh Markaziy qo'mondonligi, ya'ni Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi harbiy faoliyat uchun mas'ul idora rahbari.

Mirziyoyev 15-17 may kunlari AQShga rasmiy safar qiladi. Bu uchrashuv tomonlarning Afg’oniston va harbiy texnikaviy sohada kutilayotgan hamkorligida muhim o’zgarishlar qilishi mumkin. Rasmiy ma’lumotga ko’ra, Mirziyoyev va Votel aynan shu haqda gaplashgan.

Votel O’zbekistonning Afg’oniston bo’yicha ko’rsatayotgan tashabbuslarini quvvatlab, Toshkentda mart oyida o’tgan xalqaro konferensiya yakunlarini yuksak baholagan.

Votel O’zAga bergan intervyusida Shimoliy ta'minot tizimi orqali Afg’onistonga zarur yuk yetkazishda O’zbekiston muhim hissa qo’shmoqda, degan.

Yaqin kelajakda Shimoliy ta'minot tizimida O'zbekiston roli oshishi mumkin. Kavkaz portlari va Qozog’iston va O’zbekiston temir yo’llari orqali Afg'onistondagi xalqaro qo'shinga noharbiy mahsulotlar olib boriladi.

Afg'oniston yuzasidan Toshkent anjumani, mart, 2018
Afg'oniston yuzasidan Toshkent anjumani, mart, 2018

O’zbekistonni Afg’oniston bo’yicha tashabbusi bu mamlakatni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga jalb etish, Markaziy Osiyo va Afg’oniston o’rtasida savdo-iqtisodiy, transport, ijtimoiy aloqalarni kengaytirishdan iborat. Buning uchun Afg’onistonda barqarorlik o’rnatilishi talab etiladi. Toshkent afg’on hukumati va toliblar o’rtasida shartsiz muloqot o’rnatilishi tinchlik muzokaralarini boshlab beradi, degan umidda. Afg’onistonda xavfsizlikni ta'minlashda AQShning o’rni shubhasiz.

Ammo O’zbekiston uchun AQSh bilan hamkorlikda Afg’oniston asosiy yo’nalish emas, balki mamlakat iqtisodiyotini yangilash, harbiy salohiyatni yaxshilash, islohotlarda ko'mak olish.

Mirziyoyev AQSh generali bilan uchrashuvida AQSh va O’zbekiston hamkorligi yangi bosqichga ko’tariladi, deya ishonch bildirgan.

Mana bu suhbatda AQSh Davlat kotibi o'rinbosari Tomas Shennon O'zbekistonning Afg'oniston yuzasidan bugungi siyosati va xalqaro hamkorlik haqida gapirgan.

Markaziy Osiyo AQSh uchun hozir qanchalik muhim?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:19:21 0:00

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG