Breaking News
Din

Hayit Amerika maktablarida ham nishonlanmoqda


Bir oylik ro’zadan so’ng musulmonlar Ramazon hayitini nishonlaydi. Virjiniya shtatidagi maktabda tayyorgarlik avjida. 5-sinf qizlar faol. Maqsad - bayramni musulmon bo’lmaganlar bilan nishonlash, ularga bu bayram haqida kengroq tushuncha berish.

5-sinf qizlar diniy hamjihatlikni targ’ib qilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00


Virjiniya shtatida 5-sinf o’quvchilari yangicha loyiha ishlab chiqib, diniy hamjihatlikni targ’ib qilmoqda.

“Bugun-erta Iyd bayrami. Shunga ayyom bilan bog’liq rasmlar tarqatib, hayit nima ekanini tanishtirsakmikin deb o’ylayapmiz. Foto to’playapmiz”, - deydio’quvchilardan biri Zahro Farrux.

Qizlar yig’ilgan rasmlarga tabrik yozib, Feysbukda tarqatdi. Ijtimoiy tarmoqda omma e’tiborini tortdi. 600 dan ortiq buyurtma keldi.

Qizlar shu buyurtmalarni bajarib, xayriya va yangicha loyihalar uchun mablag’ to’plamoqchi.

AQSh maktablarida Ramazon targ'iboti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00

Talab bor, ish qizg’in. Har bir tabriknoma o’z vaqtida egasiga yetib borishi uchun bir tanu - bir jon bo’lib harakat qilish kerak.

“Shu bahonada bir yoqadan bosh chiqarib ishlashni o’rganamiz”, - deydi qizlardan biri Anum Ahmad.

Buyurtma ko’pligidan qanday qilib bu ishning uddasidan chiqish ustida bosh qotirayotgan qizlar tadbirkorlik sirlari bilan ham tanishmoqda.

“Birlashsak yaxshi bir jamoaga aylanamiz, do’st bo’lamiz. Bir-birimizni 5-6 yoshdan beri taniymiz”, - deydi Hanna Ilhomalaviy.

O’quvchilar qilayotgan ishi uchun rag’bat sifatida ko’krak nishoniga erishadi. Iyd tabriklari loyihasini muvaffaqiyatli bajarsa, yana bir nishonga ega bo’ladi.

“Qizlarning hammasi musulmon. Demak, islomiy bayramlarni birgalikda nishoshlashimiz kerak”, - deydi guruh rahbari Emma Choxan.

Lekin maktabning o’ziga xosligi diniy bayramlarni nishonlashda emas.

“Kayfiyat qanchalar tushkun bo’lmasin, qizlar jamoasiga qo’shilib insonning dili yayraydi”,- deydi Hanna.

Qizlar maktabining maqsadi ham shu. Yaxshi ishlarni yayrab qilish kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG