Breaking News

Obama musulmonlarni Ramazon bilan qutladi


AQSh Prezidenti Barak Obama Oq uydagi ofisida
AQSh Prezidenti Barak Obama Oq uydagi ofisida

AQSh Prezidenti Barak Obama Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan dunyo musulmonlarini tabrikladi. Muqaddas Ramazon arafasida yangi oy bo'y ko'rsatar ekan, men va Mishel butun AQSh va dunyo musulmonlariga eng ezgu tilaklarni tilayman, dedi Obama.

"AQShda mamlakatimiz kabi rang-barang musulmon jamiyatlariga egamiz. Tarixi davlatimizning boshlanishigacha boradigan musulmonlar bor. Shuningdek, yangi kelganlar ham. Shifokorlar, huquqshunoslar, san'at ustalari, davlat xizmatchilari, harbiylar butun Amerika bo'ylab har kuni birgalikda og'iz ochib iftorlik qiladi", - dedi Obama tabrik bayonotida.

Davlat rahbari barcha amerikaliklarni, jumladan, musulmonlarni bir oila a'zolari deb atadi. Uning aytishicha, jamiyatni bo'lishga harakat qiluvchi toifalarga qarshi musulmonlar bilan birgalikda kurashish lozim.

"Qaysi din yoki qanday ko'rinishda bo'lishidan qat'i nazar, barcha amerikaliklarning fuqarolik huquqlarini himoya qilish ahdida qat'iyman. Tinchlik va adolat o'rnatishga qaratilgan insoniy qadriyatlarimizni shunday nishonlaymiz", - dedi Obama.

Tabrigida Obama har yilgidek bu safar ham Oq uyda musulmonlar uchun iftor yozish niyati borligini bildirdi.

AQShda va dunyoning ko'plab mamlakatlarida 6-iyun kuni boshlangan Ramazon bir oy davom etadi. Oyning ko'rinishiga qarab ayrim joylarda bir kun kech boshlanishi mumkin. Bu oy 30 kun davomida musulmonlar sahardan shomgacha ro'za tutishadi. Ramazon oxirida hayit bayrami nishonlanadi.

XS
SM
MD
LG