AQSh Prezidenti Jo Bayden Pensilvaniya shtatidagi Karlayl hindular maktabida yodgorlik tashkil etish haqida farmon imzoladi.
Ukrainada ba’zi onalar qo’liga qurol olib, vatan himoyasiga kirishgan. Inna – o’qituvchi. Maktabda haftasiga uch kun matematikadan dars beradi, yana uch kun esa mahalliy harbiy qismda ko‘ngilli sifatida xizmat qiladi.
Ukrainada jarohat olgan urush faxriylariga asosan qarindoshlari qaraydi. Hukumat veteranlar parvarishi uchun vasiylarga pul ajratadi, ammo juda kam miqdorda. Boz ustiga, davlat resurslari kamayib borayotgan bir paytda veteranlar soni ortib bormoqda.
Urushdan qochgan 160 mingdan ortiq ukrainalik Boltiqbo'yi davlatlari - Litva, Latviya va Estoniyada yashaydi. Xususan, Latviyaga 50 mingga yaqin qochqin kelgan. Ularning ba’zilari o’z sohasida ish topib, mehnat qilmoqda.
Birinchi tibbiy yordam, qurol va dronlardan foydalanish, turli sharoitlarda omon qolish ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha mashg’ulotlar endi Ukraina maktablari o’quv dasturining bir qismi. Treninglarning eng muhim jihati – yoshlarga vatanparvarlik hissini singdirish.
Sumi - Ukrainaning front shaharlaridan biri. Doimiy ravishda o’qqa tutilsa-da, ayrim rezidentlar ona shahrini tark etishni istamaydi. Shahar Rossiya qo‘shinlaridan ozod qilinganidan so‘ng Sergey Gutsanning birinchi qilgan ishi muzeyini qayta ochish bo’ldi.
BMTga ko’ra, Ukrainadagi urush olti milliondan ortiq aholini uyini tark etishga majbur qilgan, ularning ko’pchiligi Yevropa bo’ylab qochqin sifatida ro’yxatdan o’tgan. Birgina Vengriyada 60 mingdan ortiq ukrainalik yashamoqda.
AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmatiga ko’ra, 2023-moliya yilida 878,500 kishi Amerika fuqaroligini qabul qilgan. Fuqarolikka qanday hujjat topshirish bo’yicha muhojirlarga yo’l-yo’riq beradigan tashkilotlar bor.
22 millionga yaqin aholiga ega Florida shtati tabiiy ofatlar girdobida yashaydi. Lekin iqtisodi mustahkam. Donald Tramp yashaydigan Pam-Bichdagi manzara bilan tanishing.
Chikago shahrining yuragidagi antiqa yodgorlik. Uchinchi mingyillikka qadam tashlanganida o'rnatilgan. Uni bir hind ijodkor yasagan. Bu asarni bir tomondan "Bean", ya'ni "loviya" degan nomi bor. Yana bir nomi - "Cloud Gate", ya'ni "Bulutlarga darvoza".
Keyingi besh yil ichida AQSh bo'ylab 223 000 ta arzon uy-joy uchun imtiyozli muddat tugaydi.
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida mingyillik chinorlarga ega Sayrob qishlog'idamiz. Chinorlar yonidan buloq chiqadi. Undan suv olish uchun uzoq-uzoqlardan ham kelishadi.
Ko'proq...