Breaking News

Jahon chempionatiga sarflangan xarajatlar o'zini oqlaydimi?


Xalqaro hayot: Jahon chempionatining Rossiya iqtisodiyotiga ta'siri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:53 0:00

Futbol bo’yicha Rossiyada bo’lib o’tayotgan Jahon chempionati bu musobaqa tarixida eng qimmati bo’lib, Rossiya hukumatiga 15 milliard dollarga tushdi. Bu pulga bir nechta yangi va katta stadionlar, temir yo’llar qurildi, aeroportlar ta’mirlandi, Rossiyaning imijini yaxshilashga imkon tug’ildi. Bu sarf-xarajatlar o’zini oqlaydimi?

Rossiya 12 ta yangi stadionning qurilishi yoki ta’mirlanishiga uch milliard dollar, yana kamida sakkiz milliard dollar infratuzilmaga sarflanganini bildirdi.

“Rossiyadagi Jahon chempionatining iqtisodiy foydasi haqidagi gaplar kelinlik libosining foydasi haqidagi gapga o’xshab ketadi. Bir tomondan, bu zarur sarf-xarajat, mehmonlar yoki tomoshabinlarning ko’zi qamashsin deysiz. Uning foydasini Amerikadagi choraklik moliyaviy hisobotlarda aks ettira olmaysiz. Bu ancha ko’proq vaqt talab qiladi. Biz nafaqat xokkey mamlakati, balki futbol yurti ham bo’lishni istaymiz”, - deydi Rossiya hukumatining tahlil markazidan professor Leonid Grigoryev.

2014-yilda Braziliyada o’tgan Jahon chempionati bu mamlakatga 11 milliard dollarga tushgan. Rossiyaga borgan braziliyalik futbol muxlislari pul ko’kka sovurilgan, deydi.

“Rossiyada infratuzilmani biznikidan ancha yaxshi qilishibdi”, - deydi ulardan biri.

Moskva ilgari bu qadar ko’p sayyohlarni ko’rmagan. Ular milliardlab rubl sarflamoqda. Rossiya Jahon chempionatidan so’ng ham musobaqa mevasini hali anchagacha ko’ramiz, deydi.

15 milliard dollarlik sarmoyaning iqtisodiy foydasidan tashqari siyosiy foydasiga ham umid katta.

“Putin sanksiyalarning ahamiyatini yo’qdek ko’rsatishga qattiq harakat qilyapti. Hukumat “sanksiyalarga qaramay, Jahon chempionatini chiroyli o’tkazdik, Suriyadagi harbiy harakatlar to’xtab qolgani yo’q, boshqalarning bizga aql o’rgatishiga hojat yo’q” deb aytmoqchi. Hozircha xalq bundan xursand. Ammo bu xursandchilik uchun pul ularning hamyonidan ketayotganini fahmlashlari bilan vaziyat o’zgaradi. Chunonchi, jarayon hozirdan boshlangan”, - deydi siyosiy tahlilchi Dmitriy Oreshkin.

Qiyinchiliklarni avval o’rta yoshdagilar his qilishni boshlaydi. O’tgan hafta Rossiya hukumati nafaqaga chiqish yoshini bosqichma-bosqich ko’tarishga qaror qildi - erkaklarga 60 yoshdan 65 gacha, ayollarga esa 55 dan 63 yoshgacha.

62 yashar moskvalik ayol bundan norozi.

“Biz buni kutmagan edik. Hukumat futbol musobaqasidan zavqlanish bilan ovora xalq bu qaror mohiyatini darrov tushunmaydi, deb o’ylagan bo’lsa kerak. To’rt yildan keyin nafaqaga chiqishi kerak bo’lgan odamlar endi to’qqiz yil kutishi lozim. Hukumat yoshligimizni uzaytiryapti”, - deya achchiq hazil qiladi ayol.

Rossiya Jahon kubogi musobaqasi qisman yoshlarga in’om, deydi. Unutilmas xotiralar, yangi inshootlar. Chempionat bir oyda tugaydi, ammo uning iqtisodiyot va oila byudjetiga ta’siri hali anchagacha seziladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG