Breaking News

Afg'oniston va Pokistondagi xurujlarda o'nlab odam halok bo'ldi


Jalolobod shahrida xuruj yuz bergan hudud, 11-iyul, 2018-yil.
Jalolobod shahrida xuruj yuz bergan hudud, 11-iyul, 2018-yil.

11-iyul kuni ikkita xudkush bombachi sharqiy Afg'onistondagi ta'lim boshqarmasiga kirib o'zini portlatishi va odamlarni o'qqa tutishi oqibatida kamida 11 kishi halok bo'ldi.

Guvohlarga ko'ra, hujumchilar Nangarhor viloyati markazi Jalolobod shahridagi binoga kirib, odamlarga qarata o'q otishni boshlagan.

Gubernator so'zlovchisi Ataulloh Xogyanining "Amerika ovozi"ga aytishicha, halok bo'lganlardan tashqari yana 17 odam yaralangan.

Hujum boshlanishi bilan Afg'oniston xavfsizlik kuchlari binoni o'rab olgan va to'rt soat davom etgan amaliyot davomida 20 kishi qutqarilgan. Xurujni kim amalga oshirgani hozircha ma'lum emas.

Bir kun avval xuddi shu shahardagi nazorat punktlaridan birida yana bir portlash yuz berib, 12 kishi o'lidirilgan edi. IShIDning Xuroson viloyati deb nomlanadigan afg'on bo'limi ushbu hujum uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi.

Bu orada Pokiston shimoli-g'arbida ham xudkushchi bomba portlab, kamida 14 kishi o'lgan, 45 odam yaralangan. Halok bo'lganlar orasida viloyat qonunchilik kengashiga nomzod bor.

Xuruj Xaybar Paxtunxva viloyati markazi Peshavor shahrida, sekulyar Avami Milliy partiyasi nomzodi Harun Bilur tarafdorlari huzurida nutq so'zlash uchun minbarga chiqish uchun ketayotganda yuz bergan.

Hozircha portlashni kim amalga oshirgani ma'lum emas. Xuruj Pokistonda milliy va viloyat qonunchilik organlariga saylov bo'lib o'tishidan ikki hafta oldin yuz berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG