Breaking News

Yamandagi bolalar o'limi dunyo hamjamiyatini larzaga soldi


Xalqaro hayot: Yamandagi fojia
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:07 0:00

Yaman shimolida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya uyushtirgan havo hujumida 40 bolaning halok bo'lgani dunyo hamjamiyatini g'azabga soldi. AQSh Davlat departamenti Fors ko'rfazi davlatlarini voqeani tergov qilishga chaqirgan. BMT ham oshkora tekshiruv o'tkazilishini talab qilmoqda.

Yamanning Sa'da shahrida yozgi sayldan qaytayotgan bolalar avtobusi raketa hujumiga uchradi. Kamida 50 odam o'lgan, aksariyati bolalar. Yana 77 kishi yaralangan.

AQSh Davlat departamenti so'zlovchisi Xezer Noyertning aytishicha, AQSh tinch aholi vakillarining halok bo'lishiga jiddiy qaraydi.

"Saudiya yetakchiligidagi koalitsiyadan havo hujumi natijasida tinch aholining o'lishi voqeasini tekshirishni so'radik. Mudofaa vaziri Mattis bu haqda aytdi. Saudiya hukumati bilan gaplashish va ularni vaziyatni o'rganishga undash uchun uch yulduzli generalni Saudiya Arabistoniga jo'natdik", - dedi u.

Noyert Davlat kotibi Mayk Pompeoning Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan telefon orqali gaplashganini tasdiqladi, ammo tafsilotlariga to'xtalmadi.

Tahlilchilarga ko'ra, bu Yamanda tinch aholi vakillarining o'limiga oid birinchi hodisa emas. 2014-yil Eron himoyasidagi hutiy isyonchilari poytaxt Sanoni egallab olgandan beri mintaqa urush domiga tortilgan.

"Fakt shuki, siz bunday amaliyot bilan urushni yenga olmaysiz. Hutiylarni muzokaralar stoliga olib kelish uchun harbiy bosimni oshirish ish berishidan ham umid qilmaslik kerak. Bu foyda bermayapti. AQShning ham bunda hissasi bor", - deydi tahlilchi Aron Deyvid Miller.

BMT Xavfsizlik kengashi voqeani oshkora va jiddiy o'rganishga chaqirdi.

"Janglar to'xtashini xohlaymiz. Gumanitar azob-uqubatga yakun yasalishini ko'rishni istaymiz. Fuqarolar orasida qurbonliklar to'xtasin. Inson qo'li bilan yaralgan inqiroz hanuz davom etyapti", - dedi BMT so'zlovchisi Stefan Dujarik.

Uning aytishicha, muzokara imkoniyatlari haqida gaplashib olish uchun tomonlar 6-sentabr kuni Jenevaga taklif qilingan. Muloqot Yaman bo'yicha maxsus vakil Martin Grifits vositachiligida o'tkaziladi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG