Breaking News

O’zbekistonlik olima: Afg'on xalqi haqidagi fikrlarim o'zgardi


O'zbekistonlik olima Afg'onistonda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:44 0:00

Avval xabar berganimizdek, Afg’onistonda Abu Rayhon Beruniy haqida ilmiy anjuman o’tkzildi. Unda uch nafar o’zbekistonlik olim ishtirok etdi.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti Umida Kuranbayeva Afg’onistondagi ilmiy seminarda qatnashganidan mamnun ekanini aytadi.

“Afg’oniston haqida axborotlarda eshitayotgan narsalar ozgina meni cho’chitgan edi. Lekin baribir ilm uchun, ma’rifat uchun olimlar kurashmasa kim kurashadi deb ahd qildim”, - deydi u.

Umida Kuranbayeva Afg’oniston hukumati va xalqining mehmonlarni kutib olish tayyorgarligini yuqori baholadi.

“Afg’oniston xalqi televideniyelarda ko’radigan odamlar desak xato qilgan bo’lamiz. Olimlari, yozuvchi, shoirlari bilan uchrashdik. Talaba qizlari bilan subatlashdik. Ular Yevropa qizlaridan hech kam emas. Shularni ko’rib Afg’oniston haqidagi oldingi tasavvurimiz umuman yo’qoldi”, - deydi olima.

Kuranbayeva nazarida ikki davlat ilmiy-madaniy hamkorligini ma’lum bir tartibga solgan holda amalga oshirishi lozim.

“Ma’naviy-ma’rifiy jihatdan to’siqlarni olib tashlash kerak” - deydi u.

Suhbatdoshning ta’kidlashicha, ikki yurt olimlari, bir-birlari bilan fikr almashib turishi zarur.

Eslatib o’tamiz, Kobulda o’tkazilgan seminarga O’zbekistondan besh nafar olim taklif qilingan edi. Ularning uch nafari anjumanda qatnashdi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG