Breaking News

Botur Do’stum: Xavfsizlik saylov oldidagi asosiy to’siq


Do'stumning o'g'li parlamentga nomzod
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:24:41 0:00

Afg’oniston birinchi vitse-prezidenti va “Milliy Junbish” partiyasining asoschisi general Abdul Rashid Do’stumning to'ng’ich o’g’li Botur Do’stum parlament saylovida nomzod. Maktabni Afg’onistonda boshlagan bo’lsa-da, o’qishlarini Turkiyada bitirgan. Xalqaro aloqalar bo’yicha mutaxassis.

“Milliy Junbish” partiyasi uni Juzjon viloyatidan parlamentga nomzod sifatida tanishtirgan. “Amerika Ovozi” Botur Do’stum bilan intervyu o’tkazdi.

Botur Do’stum nazarida, mustaqil saylov komissiyasi siyosiy harakatlar, madaniy tashlikotlar yordamisiz tiniq saylov o’tkazishning uddasidan chiqa olmaydi.

“Xavfning mavjudligi saylov uchun jiddiy va asosiy to’siq”,- deydi u.

“Oldingi parlamentda ham vatanini sevgan, ijtimoiy adolat ta’minlanishi uchun jonkuyarlik bilan ishlaganlar bo’lgan. Lekin umumiy qilib aytganda ishlarda muammo bo’lgan. Biz parlamentga kiradigan bo’lsak, hammani bir ko’z bilan ko’rishimiz kerak. Hukumat ishlarini jiddiy nazorat qilish lozim. Hukumat va xalq o’rtasida ko’prik vazifasini o’tash lozim. Ozroq e’tibor qaratilgan viloyatlarga loyihalarni jalb qilish shart”,- deydi yosh nomzod.

Uning qo’shimcha qilishicha, hukumatdagi ayrim shaxslar saylovga aralashmoqda. Maqsadlari o’zlariga yaqin bo’lgan shaxslarni deputat qilib chiqarish, deydi Botur Do’stum.

Yosh Do’stum Afg’onistonni muammolarga yuzlashtirayotgan omil AQSh vositachiligi bilan tiklangan Afg’oniston “Milliy Birdamlik” hukumati ekanini ta’kidlaydi. Uning nazarida yetakchi ikki nomzod o’rtasida siyosiy kuchning ikkiga bo’lingani harbiy va boshqa sohalar faoliyatiga zarar yetkazgan.

“Xafsizlik bo’yicha ham muammolar bor. Harbiy idoralarning siyosiylashtirish ham hukumat va xalq o’rtasidagi aloqalarga salbiy ta’sir qoldirgan”,- deydi Botur Do’stum.

U xalqning siyosiy faolligi oshganini kelajak uchun muhim o’zgarish deya baholaydi.

Botur Do’stumga ko’ra, korrupsiya mamlakatning rivojiga to’sqinlik qilayotgan yana bitta omil. Afg’onistonni himoya qilayotgan davlatlar ham bunga katta hissa qo’shgan.

“Xorijiylar yoramlarini nazorat qila olmadi. Bu ish poraxo’rlik yana ko’payishiga sabab bo’ldi.”,- deydi Do’stum.

Botur Do’stum bundan ikki yil oldin otasi hukumat bosimi bilan Turkiyaga quvg’in qilinmasdan ilgariroq “Milliy Junbish” partiyasining raisi etib tayinlangan edi.

Hukumat va xorij bilan uzilib qolgan aloqalarni qayta tiklab, mamlakatdagi siyosiy o’zgarishlarga partiya raisi o’laroq munosabat bildirgan. Katta siyosiy doiralarda qatnashgan.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG