Breaking News

Afg’onistonda parlament saylovlari o’tkazildi


Saylovchilardan biri ovoz bermoqda.
Saylovchilardan biri ovoz bermoqda.

Bugun Afg’onistoning 32 ta viloyatida parlament saylovlari o’tkazildi. Ovoz berish huquqiga ega afg’onlar yangi deputatlarni sayladi.

Ayrim hududlarda muammolar yuz bergan. Masalan, ba’zi joylarda ovoz berish materiallari kech yetib borgan. Mustaqil saylov komissiyasi bunday saylov uchaskalarida ovoz berish soatlari uzaytirilishini ma’lum qildi.

Ayni damda bir qator viloyatlardagi uzoq joylarda, toliblar tahdidi ostidagi tumanlarda ovoz berilmadi.

Afg’oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G’ani afg’onlarni ovozi berishga chaqirdi.

Bu yilgi saylovda yangi texnologiyadan foydalanish joriy etildi. Ba'zi saylov xodimlari biometrik ma'lumotlarni oluvchi texnologik qurilmalarni ishlatishda qiynalgan. Ayrim joylarda ushbu qurilmadan foydalana olmaganlar.

Afg'onistonda parlament saylovlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:28 0:00

Ayni damda ovoz berish uchun ro’yxatdan o’tganlarning ba’zilari ovoz berish huquqidan mahrum bo’lgan. Sabab sifatida ularning ro’yxatda nomlari yo’q ekani aytilmoqda.

Afg’onistonning ikkita viloyatida saylov o’tkazilmadi. Ular G’azni va Qandahordir. Qandahorda 20-oktabr kuni politsiya boshlig’i va milliy xavfsizlik ishlari raisining otishmada halok bo’lgani saylov kechiktirilishiga sabab bo’lgan.

G’aznida saylov kelishmovchiliklar sabab ortga qoldirilgan.

Tolibon guruhi bir necha viloyatlarda ovoz berish jarayoniga to’sqinlik qilgan. Bag’lon viloyatida saylov xodimlarining 10 nafarini o’zlari bilan olib ketishgan.

Afg’onistonda bu yilgi saylovlarda 9 million odam ovoz berish uchun ro’yxatdan o’tgan.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG