Breaking News

Moskvada Afg'oniston muammolari muhokama qilinadi


Afg'onistonning Tinchlik bo'yicha Oliy kengashi vakillari Moskva konferensiyasida ishtirok etadi
Afg'onistonning Tinchlik bo'yicha Oliy kengashi vakillari Moskva konferensiyasida ishtirok etadi

AQSh va Tolibon rasmiylari 9-noyabr sanasida Moskva mezbonlik qilayotgan konferensiyada ishtirok etadi. Tadbirda Afg’onistonda tinchlik va milliy murosaga erishish yo’llari muhokama qilinadi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning ma’lum qilishicha, Moskvada ikkinchi bor tashkil etilayotgan konferensiyada AQSh bilan birga 12 davlat delegatsiyalari ishtirok etadi.

Vashington va Tolibon o’tgan yili Moskvada uyushtirilgan ilk uchrashuvga taklifni rad etgan edi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi 7-noyabr sanasida Amerika Afg’oniston hukumati bilan kelishgan holda o’zining Mosvadagi elchixonasidan vakil yuborishini tasdiqlagan.

Konferensiyada, shuningdek, Xitoy, Pokiston, Eron, Hindiston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston, Afg’oniston, Qozoqiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etadi. Afg’oniston hukumati tadbirga o’z rasmiylarini yuborishdan bosh tortdi. Biroq mamlakat nomidan Tinchlik bo’yicha Oliy kengash vakillarining ishtirok etishiga ruxsat berdi.

Tolibonning Qatarda joylashgan siyosiy qarorgohidan besh kishidan iborat delegatsiya ham konferensiyada qatnashadi. Bu Tolibonning ana shunday nufuzli xalqaro uchrashuvdagi ilk ishtiroki bo’ladi.

Tolibon vakili Zabihulla Mujohid ham konferensiyada Afg’oniston rasmniylarining ishtirok etmasligini tasdiqlagan.

Moskva konferensiyasidan avval Vashington Tolibonning uzoq muddatli talabini inobatga olib, tog’ridan-to’g’ri muloqot olib borishga kelishgan edi.

AQSh rasmiylari joriy yilning iyul oyidan beri Tolibonning Qatardagi siyosiy qarorgohida ikki marotaba muzokaralar olib borishga ulgurdi. So’nggi uchrashuv AQShning Afg’onistonda tinchlik va murosaga erishish bo’yicha maxsus elchisi Zalmay Halilzodning Dohaga tashrifi chog’ida amalga oshirilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG