Ukraina rasmiylari 30 noyabr sanasida Rossiya erkaklarining aksariyatiga mamlakatga kirish taqiqlanganini e’lon qildi. Mazkur chora shundoq ham tang holatda bo’lgan nizolarga javoban joriy qilingan. Shu kunning o’zida rus pravoslav ibodatxonasi nufuzli ruhoniysining uyi ham tintuv qilindi.
Ukraina parlamenti 26-noyabr kuni prezidentning mamlakatda 30 kunlik harbiy holat e’lon qilish to’g’risidagi taklifini qabul qilgan edi.
Ukraina chegara xavfsizligi xizmati rahbari Pyotr Sigikalning 30-noyabr kuni xavfsizlik bo’yicha o’tkazilgan yig’ilishda ma’lum qilishicha, harbiy holat kuchini yo’qotgunga qadar 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan rossiyalik erkaklarning mamlakat hududiga kirishi to’xtatiladi.
Prezident Pyotr Poroshenkoning aytishicha, mazkur qaror “Rossiya Federatsiyasining Ukraina hududida xususiy armiya tuzib olish xavfidan himoyalanish maqsadida” qabul qilingan.
Ayni damda, Ukraina razvedka xizmati rus pravoslav ibodatxonasi bosh ruhoniysi uyini tintuv qilayotganini e’lon qildi.
Ukrainaning ma’naviy markazi sanaladigan Pecherskiy monastiri Rossiya pravoslav ibodatxonasi qaramog’ida faoliyat yuritadi.
Hozirgi kunda Ukrainada uchta pravoslav jamiyati mavjud. Ulardan ikkitasining ibodatxonalari Rossiya ibodatxonasidan ajralib chiqqan. Ukraina hukumati rus ruhoniylaridan separatistlarni qo’llab-quvvatlashda gumon qilmoqda.
Facebook Forum