O'zbek tili, madaniyati va tarixi haqida jon kuydirib chiqishlar qilishi bilan tanilgan tahlilchi Anvar Nazir Amerikaga tashrif buyurib, "Vashington choyxonasi" dasturining mehmoni bo'ldi.
Anvar Nazir bilan tarixdan boshlab, bugungi kunimizgacha bo'lgan bir qator mavzularda suhbat qildik. Uning o'zbek tili ahvoli, O'zbekiston tarixi va mustaqilligiga oid fikrlari, odatdagidek, bahsli va qiziqarli bo'ldi.
Nega hanuz mamlakatda o'zbek tili haqiqiy davlat tili maqomiga erisha olmadi? Bugungi O'zbekistonning o'z tarixiga, ziyolilarga munosabati qanday? So'nggi ikki yildagi islohotlar qanday ketyapti?
Suhbatdoshimiz shu va boshqa savollarga batafsil javob berdi. Muloqotni quyida tomosha qiling.
Facebook Forum