25-oktabr kuni "Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori qabul qilindi. Asosiy maqsad xorijdagi vatandoshlar bilan aloqani kuchaytirish, ularning O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi ishtirokini kuchaytirishdan iborat.
"Vashington choyxonasi" dasturining navbatdagi sonida shu mavzuni muhokama qildik. Qarorning asosiy mohiyati nimalardan iborat? Nihoyat, O'zbekiston xorijdagi vatandoshlariga yetarli darajada e'tibor berishni boshladimi?
Suhbatdoslarimiz - advokat, AQShdagi faol o'zbekistonliklardan biri Mirakmal Niyazmatov hamda moliyaviy tahlilchi, "Buyuk kelajak" ekspertlar kengashi a'zosi Nabijon Tog'ayev.
Muloqotimizni quyida tomosha qiling.
Facebook Forum