Breaking News

Amerikadagi o'zbeklar: Oila, tirikchilik, tarbiya va din


Chikagodagi o'zbek oilada bir kun
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:05 0:00

Amerikada yashayotgan o'zbekistonliklarning din, madaniyat, urf-odatlar, farzandlar tarbiyasi, turmush qurish kabi mavzularda o'z qarashlari, xorijdagi tajribasi asosida o'z pozitsiyasi bor.

Bu mamlakatga ilm istab kelgan, uch farzandi bilan Illinoys shtati, Chikago shahrida yashayotgan vodiylik oilaning kundalik turmushi, yashash sharoiti bilan tanishdik.

Bu oilaning turmush qurganiga qariyb 15 yil bo’lgan. Oilaviy munosabatlar mustahkam bo’lishiga to'sqinlik qiluvchi omillar, qolaversa din va ayollarga munosabat, qo’shxotinlik haqida ham fikrlarini tingladik.

AQShdagi o'zbeklar: mustahkam oila siri ayollarga munosabatda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:15 0:00

Uch farzandni voyaga yetkazayotgan oila farzandlaridan birini uyda tayanch ta'lim olishiga erishgan. Ulardan shu haqida so'radik.

Farux Sayfutdin Deloyt kompaniyasida informatsion texnologiyalar bo’yicha mutaxassis. Deloyt - auditorlik, soliqlar, huquqiy-moliyaviy maslahat va biznes tahlili borasida dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri. 150 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi. O’zbekistonda ham filiali bor.

Farux O’zbekistonda ham o’z bilimlarini tatbiq etish, konsalting xizmatlar ko’rsatish markazlarini ochish niyatida. Maqsad O’zbekistondagi axborot texnologiyalari sohasi rivojini keyingi bosqishga ko’tarish, mavjud axborot infrastrukturasini yaxshilash va ma’lumotlar xafsizligini takomillashtish.

Uning umr yo'ldoshi Dilnoza A’zamova Chikago Tillar federatsiyasida tarjimon. AQSh, Kanada va Britaniyadagi ijtimoiy va huquqiy muassasalar, shifoxonalar va davlat idoralari orqali o’zbekistonliklar bilan ishlaydi.

“Ishimni juda yaxshi ko’raman, odamlarning xursandchiligiga sherik bo’laman. Ba’zan farzand tug’iladi, ba’zan yangi uy sotib olishda, hujjatlarni imzolashda yordam qilaman, ba’zan Amerikada doimiy yashashga ruxsatnomalar olishadi. Ularning xursandchiligini ko’rib, mening ham ruhim ko’tariladi. Qolaversa 911, ya’ni xavfsizlik va tez yordam qo’ng’iroqlarida ham insonlar hayotini saqlab qolishda yordam ko’rsatamiz, shuning uchun yaxshi ko’raman ishimni. Har kuni yangi narsa o’rganaman”, - deydi u.

Dilnoza A’zamova 10 yildan ortiq ingliz va o'zbek tillari o’rtasida vatandoshlar uchun ko’prik. Tajribasiga asoslanib, AQShga kelayotganlar yangi davlat, vaziyat bilan oldindan tanishishi bu jamiyatga, muhitga moslashish jarayonining osonroq kechishida muhim, deydi. Shaxsni tasdiqlovchi birlamchi ma’lumotlarni (ism-familiya, uy manzili, telefon raqami) ingliz alfavitida ayta olishi har qanday vaziyatga yengillik kiritishini ta'kidlaydi. Shuningdek, tibbiy, huquqiy, ijtimoiy yordam va barcha hujjatli masalalarda, ayniqsa imzo chekishda e'tiborli bo'lish, savollarini tortinmay so'rash muhim deya maslahat beradi.

​Ra’no Sayfutdinova va Muqimjon Sayfutdinovlar farzandlari, nabiralaridan xabar olgani Amerikaga kelib-ketib yurishadi. Ulardan AQSh taassurotlari haqida so’radik. Tomosha qiling.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG