Breaking News

Nyu-Yorkda biznes yuritayotgan ayol


AQShga grin karta lotereyasini yutib kelayotganlar orasida samarqandliklar peshqadam. Ayniqsa, Nyu-York shahrida ularni har qadamda, har sohada, turli darajada uchratish mumkin. Nyu-Yorkning Bruklin tumanida samarqandliklar zich joylashgan bir nechta mahallalar ham shakllangan. Ulardan biri Oshn Parkvey prospekti bo’ylab joylashgan.

Bruklinda samarqandliklar yuritayotgan restoran, oziq-ovqat do’konlari allaqachon mijozlarini to’plab olgan. Samarqandliklar biznesni oilaviy yuritishi ham ularning o’ziga xosligi. Savdo-sotiqda erkaklar, aholiga xizmat ko’rsatish borasida ayollar ham tadbirkor.

Zarina Ahmedova AQShga 2005-yilda kelgan. Amerikada bakalavr diplomini olarkan, 2011-yilda buxgalteriya xizmatlari bo’yicha o’z biznes ochdi.

Oilaviy Qoshma shtatlarga kelishga uning turmush o’rtog’i Dilshod Ahmedov grin karta lotereyasini yutib olgani sabab bo'lgan. Ham o’zlari, ham farzandlarini o’qitib, endi uyli-joyli qilayotgan oila biznesni birga boshqaradi.

Nyu-Yorkda biznes ochgan samarqandliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:44 0:00

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG