Global korrupsiyaga qarshi kurashuvchi “Transparency International” tashkiloti 29-yanvar kuni 180 davlatning 2018-yildagi korrupsion holati bo’yicha reytingini e’lon qildi.
Baholash 100 ballik tizimda amalga oshirilgan. Reyting ro’yxatida Daniya 88 ball bilan yetakchilik qilmoqda. Ball qancha yuqori bo'lsa, bu korrupsiya shuncha kam ekanini bildiradi. Ball kamayib borgan sari, korrupsiya ko'lami oshib boradi.
Ikkinchi o’rinda 87 ball bilan Yangi Zelandiya.
Uchinchi o’rin 85 ball qozongan to’rt davlat – Finlandiya, Singapur, Shvetsiya va Shveysariyaga nasib qilgan.
Afsuski, Markaziy Osiyo davlatlarining ko’rsatkichi ancha past.
- Qozog’iston – 31 ball (124-o’rin);
- Qirg’iziston – 29 ball (132-o’rin);
- Tojikiston – 25 ball (152-o’rin);
- O’zbekiston – 23 ball (158-o’rin);
- Turkmaniston – 20 ball (161-o’rin).
O’zbekistonning 2015-yildagi ko’rsatkichi 19 ball bo’lgan.
Eng ko’p aholiga ega va iqtisodiy o’sish surati eng tez mamlakat Xitoy ro’yxatda 39 ball bilan 87-o’rinni egallagan.
Rossiya 28 ball bilan 138-o’rinda.
Afg’oniston 16 ball bilan 172-o’rinda turibdi. Mamlakat ko’rsatkichi 2015-yilda 11 ball bo’lgan.
Somali, Suriya, Janubiy Sudan, Yaman va Shimoliy Koreya ro’yxatning so’nggi beshtaligida.
AQSh o’z tarixida birinchi bor ilk yigirmalikdan o’rin ola olmadi.
71 ballnni qo’lga kiritgan Amerika 22-o’rinda. Mamlakat ko’rsatkichi 2017-yilda 75 ball bo’lgan.
Facebook Forum