O'zbekistonlik Elyorxo'ja To'raxo'jayev va Dilshod Umurzoqov AQShga o'qish uchun kelgan. Ham o'qib, ham ishlab yurgan paytlarida ularda biznes ochish fikri tug'ildi.
Talaba va xorijlik bo'lishlariga qaramay, Dilshod va Elyorxo'ja tojikistonlik hamkorlari Oyatullo Sirojov bilan Virjiniyaning Sterling shahrida "Quality Auto" nomli dilerlik markazi ochishdi. Bugun bu markaz shahardagi o'nlab boshqa avtosalonlar orasida o'z o'rniga va mijozlariga ega muvaffaqiyatli biznesga aylangan.
Talaba bo'lib turib ham AQShda biznes boshlash mumkinmi? Bu ishni boshlash va amalga oshirishda qanday o'ziga xos qiyinchiliklar bo'ldi? Biznes muvaffaqiyat qozonishi uchun nimalarga e'tibor berish kerak?
Yosh tadbirkorlar bilan suhbatda shu savollarga javob izladik. Muloqotimizni quyida tomosha qiling.
Facebook Forum