AQSh axborot texnologiyalari eng jadal rivojlangan mamlakatlardan biri. Bu yerda ayni sohada faoliyat yuritadigan o'zbekistonliklar soni ham oz emas. Ular orasida nafaqat ishlayotganlar, balki mutaxassis tayyorlayotganlar ham bor.
Mamurjon Azimov hamda Zafarjon Rustamov ana shunday vatandoshlardan. Ular poyaxt Vashington yaqinidagi Fols-Cherch shahrida "Ziyotek" nomli o'quv markazi ochgan. Bu yerda "Linux" operatsion tizimi ma'lumotlarini boshqarish bo'yicha qisqa muddatli kurslar taqdim etiladi.
Umuman, AQShda bunday sohaning buguni va kalajagi qanday? Amerikada yashayotgan o'zbekistonliklar orasida axborot texnologiyalari sohasida o'qish va ishlashga qiziqish qanaqa? Bu sohada qancha daromad qilish mumkin?
"Vashington choyxhonasi" dasturimizning navbatdagi sonida Mamurjon Azimov va Zafarjon Rustamov bilan shu savollar atrofida suhbat qildik. Ular O'zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida xizmat ko'rsatish imkoniyatlarini yanada yaxshilash bo'yicha ham o'z fikrlarini bildirdi.
Muloqotimizni quyida tomosha qiling.
Facebook Forum