Breaking News

"Musulmon birodarlar" qora ro'yxatga kirishi mumkin


"Musulmon birodarlar" harakati harbiy to'ntarish natijasida hukumatdan ketgan lider Muhammad Mursini qo'llab-quvvatlab namoyishga chiqqan kunlar. Qohira, Misr, 2-iyun, 2015
"Musulmon birodarlar" harakati harbiy to'ntarish natijasida hukumatdan ketgan lider Muhammad Mursini qo'llab-quvvatlab namoyishga chiqqan kunlar. Qohira, Misr, 2-iyun, 2015

Prezident Donald Tramp Misrning “Musulmon birodarlar” harakatini terrorchi tashkilotlar ro’yxatiga kiritish masalasini ko’rib chiqmoqda. Bu haqda 30-aprel kuni Oq uy e’lon qildi.

“Prezident milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchilari va mintaqa liderlari bilan gaplashdi. Qaror ichki muhokamada”, - deydi Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders.

Misrning uzoq yillik "radikal harakatini" terrorchi tashkilotlar ro’yxatiga kiritish bilan, Vashington “Musulmon birodarlar”ga aloqador bo’lgan har qanday shaxs yoki guruhga qarshi sanksiyalar belgilash imkoniyatiga ega bo’ladi.

Tramp uch hafta avval Misr rahbari Abdul Fattoh al-Sissini Vashingtonda qabul qilgan edi. AQSh rahbari Sissini “buyuk prezident” sifatida e’tirof etib, AQSh-Misr aloqalari har qachongidan ham qalin, deya ta’kidlagan.

Ayni damda, AQShning ayrim yuristlari, xalqaro siyosatchilar va huquq himoyachilari Sissini mamlakatda inson huquqlarining poymol etilishida aybdor sifatida tanqid qiladi. Jumladan, Misrda prezidentlik muddatining 2030-yilga qadar uzaytirilishiga sabab bo’lgan referendum ham jiddiy bahs-munozaralar uyg’otgan.

Mamlakatda referendumga qarshi harakat deyarli sezilmadi. Aksariyat arboblar, bizneslar va ommaviy axborot vositalari amaldagi hukumat bilan mustahkam aloqada.

Sissi harbiy to’ntarish bilan hukumatga kelgach, 2013-yilda “Musulmon birodarlar” harakatiga taqiqlar o’rnatgan edi. Harakat liderlari va minglab tarafdorlari hibsga olingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG