Breaking News

Fransiyada Kann kino festivali, O'zbekiston ham qatnashyapti

14-25 may kunlari Fransiya janubidagi so'lim maskan - Kann shahrida jahon kino festivali o'tmoqda. "O'zbekkino" Milliy agentligi qoshidagi Respublika kinoprokat markazi bu yerda tashkil etilgan "Le Marché du Film" - xalqaro film bozoriga 50 ta asar olib borgan. O'zbekiston bu festivalda ilk bor shunday ko'lamda qatnashmoqda. Turli janr va yo'nalishlardagi badiiy, hujjatli va animatsion kartinalar. Xususan, “Islomxo'ja", "Berlin-Oqqo'rg'on", "Issiq non", "Elparvar", "Sarvqomat dilbarim", "Hayot", "Baron", "Tinchlik ortida" va "Imom Abu Iso Muhammad Termiziy" kabi filmlar. 17-may kuni Kannda "Elparvar" namoyish etildi. Eron va Estoniya kino ijodkorlari kartinani yuqori baholagan. Filmni Abduvohid G'aniyev ishlagan. Markazga ko'ra, festivalda ko'z-ko'z qilinayotgan filmlar "milliylik" nuqtai-nazaridan tanlangan. Hozirgacha, deya bildirmoqda "O'zbekkino"ning Kanndagi vakillari, AQSh, Hindiston, Germaniya va Koreya kabi davlatlarning kino bizneslari bilan shartnomalar imzolangan.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG