Dahshatli afsonalar, qo’rqinchga to’la ertaklar insonni ta’sirlantiradi, hayajonga soladi, xayolot olamiga yetaklaydi. Alvin Shvarts qalamiga mansub bolalar qo’rqinchli asariga Stefan Gammel illyustratorlik qilgan. Syujet “Oskar” mukofoti sovrindori prodyuser Gulermo Del Toro va kino ustasi Andre Ovredalning e’tiboriga tushib uni katta ekranga olib chiqdi. Premyeraning birinchi haftasidayoq 20 million dollar tushgan. Bu degani qo’rqinchli filmlar o’smirlar e’tiboridagi janr.
“Zulmatda aytiladigan qo’rqinchli afsonalar”(Scary Stories to Tell in the Dark) kartinasida monstrlar kitobdan tirilib chiqib, o’smirlar hayotiga rahna soladi. Ertaklar “Oskar” sovrindori Gulermo Del Toroga shu qadar yoqdiki, ularni kinematografik bir turkumga jamladi.
“Dahshatli filmlar ikki turga bo’linadi. Biri bir umrga ruhingizni jarohatlaydi, yana bir turdagilari shunchaki his-tuyg’ularingizni o’ynaygi, hayajon beradi, to’lqinlantiradi”, - deydi prodyuser.
Kino ustasi Andre Ovredal bolalar yozuvchisi Alvin Shvartsning bu hikoyalar to’plamini ekranga olib chiqdi.
“Zamonaviy va bolaligimdagi Amblin kinolari qorishmasiga o’xshagan kartina bo’ldi”, - deydi Andre Ovredal.
U 1980-yillardagi “Poltergeys”, “Shovvozlar”, “O’zga sayyoralik” kabi filmlarda o’smirlar va qo’rqinchli voqealarning qorishmasini nazarda tutyapti.
Shuningdek, kartinada 1970-yillardagi g’ayritabiiy kuchlar bilan kurash, o’smir qahramonlar, qasoskorlik, dahshat, vahima elementlari bor.
Odatda jabr ko’rayotgan ijobiy qahramonga g’ayritabiiy kuch keladi yoki ilohiy darvozalar ochilib, qo’rqoqlik o’rnini g’oyibdan kelgan botirlik va qahramonlik egallaydi.
“Zulmatda aytiladigan qo’rqinchli afsonalar” dahshatli filmlar orasida yagona retro-kartina emas.
“Netflix” onlayn filmlar kompaniyasiga ko’ra, “G’alati narsalar” seriali aynan o’smir tomoshabinlar uchun ishlangan. Serial internetda birinchi to’rt kundayoq 40 million marta ko’rilgan.
Syujet qahramonlari nafaqat mahalliy, shuningdek boshqa millat vakillari bo’lishi ham mumkin. Masalan, “Netflix”ning “Yozuv mashinkasi” (Typewriter) kartinasida hind o’smirlari ruhlar makoniga borib, sirni fosh qiladi, arvohlar bilan yuzlashadi.
“Qo’rquv va shubha bilan tomosha qilish faqatgina dahshatli filmlariga xos ajoyib xususiyat”, - deydi Andre Ovredal.
Facebook Forum