Breaking News

AQSh Yaqin Sharqqa minglab qo'shimcha askar jo'natishi mumkin


AQShning "Avraam Linkoln" avianosetsi
AQShning "Avraam Linkoln" avianosetsi

AQSh Yaqin Sharqqa bir necha ming qo'shimcha askar jo'natishi mumkin. Pentagon bu haqda bugun ma'lumot berishi kutilyapti.

O'z nomi oshkor qilinishini istamagan manbalarning aytishicha, qo'shimcha askar jo'natish bo'yicha AQSh Markaziy Qo'mondonligi Oq uydan iltimos qilgan.

Oq uy bu talabni qondirgan yoki qondirmagani hamda qancha askar jo'natish rejalanayotgani ma'lum emas.

"Uzoq muddatdan beri mavjud qoidamizga ko'ra, kelajak rejalarimiz va qo'shimcha askarlar haqida oldindan gapirmaymiz", - dedi Pentagon so'zlovchisi Rebekka Rebarich.

Donald Tramp Eronning neft eksportini butunlay to'xtatishga va Fors ko'rfaziga harbiy qism jo'natishga qaror qilgandan beri Vashington-Tehron munosabatlari keskinlashgan.

Shunga qaramay, Tramp o'tgan hafta Eron bilan urushga kirishish niyatida emasligini aytgan.

Lekin mintaqaga bir necha ming qo'shimcha askar jo'natilishi Tramp niyatida o'zgarish yuz berganini anglatishi mumkin. U shu paytgacha Yaqin Sharqda AQSh kuchlari sonini kamaytirish haqida gapirib kelayotgan edi.

O'tgan yil dekabrda Tramp Suriyadagi 2000 askar vatanga qaytarilishini e'lon qilgan edi. Fevral oyida esa u yerda 400 askarni qoldirishga qaror qilganini bildirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG