Breaking News

AQSh-O'zbekiston: Reytinglar va sarmoya orasidagi bog'liqlik


O'zbekistonning tashqi ishlar, iqtisod va sanoat, sarmoya va tashqi savdo, fuqarolik jamiyati va huquq, Bosh prokuratura, Xavfsizlik kengashi hamda Navoiy viloyati rasmiylari Vashingtonda.
O'zbekistonning tashqi ishlar, iqtisod va sanoat, sarmoya va tashqi savdo, fuqarolik jamiyati va huquq, Bosh prokuratura, Xavfsizlik kengashi hamda Navoiy viloyati rasmiylari Vashingtonda.

O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi va Jons Xopkins Universiteti qoshidagi Fuqarolik jamiyatini o'rganish markazi uch kunlik seminar o'tkazib, Toshkentdan kelgan yuqori darajali delegatsiya bilan respublikaning xalqaro indeks va reytinglardagi o'rnini qanday ko'tarish mumkinligini muhokama qilmoqda.

10 mehmon - Tashqi ishlar, Iqtisod va sanoat, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari hamda fuqarolik jamiyati va huquq, Bosh prokuratura, Xavfsizlik kengashi hamda Navoiy viloyatining rasmiylaridir, xususan, vazir o'rinbosarlari, direktor va hokim muovini.

Tashkilotchi va asosiy ekspert Jons Hopkins Universiteti qoshidagi Fuqarolik jamiyatini o'rganish markazi rahbari Lester Solomon.

Markaz qachondan beri O'zbekiston bilan ishlayapti va bu seminar g'oyasi kimniki?

"O'zbekiston bilan anchadan beri bu borada gaplashib kelayotgan edik. Reytinglarga e'tibor kuchaymasidan oldin ham shunday g'oya bor edi. Lekin hukumatning o'zi hozir bu borada jiddiy bosh qotirayotgan ekan, biz yordam berishga qaror qildik. O'zbekistonga ilk bor ikki yarim yil oldin borgan edim. Biz fuqarolik jamiyati borasida izlanadigan xalqaro dargohmiz. O'zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishiga hissa qo'shib, treninglar orqali malaka oshirishga qiziqamiz. Hozircha bu tashabbuslar muhokamada. Lekin mana sarmoya va reytinglar xususida shunday mashg'ulotlar o'tkazishga imkon topdik," - deydi Solomon.

O'zbekiston-AQSh: xalqaro reytinglar va xorijiy sarmoya orasidagi bog'liqlik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:02 0:00

O'zbekiston rasmiylari uchun Vashingtonda seminar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:37 0:00

2019-yilning fevralida Prezident Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi o'rnini yaxshilash to'g'risida qaror chiqarib, qator organlarga bu yo'nalishda mas'uliyat yukladi. Mana shu siyosiy e'tibor O'zbekiston bilan ishlashga urinayotgan chet ellik mutaxassislar uchun yaxshigina imkoniyat.

"Reytinglar mamlakatga xorijiy sarmoya kirishida o'ta muhim rol o'ynovchi vositalardir," - deydi Solomon.

"Investitsiya qilsakmikan deb o'ylanayotgan har qanday tomon mamlakatdagi sharoitni mana shu ro'yxatlarga qarab biladi. Bu muhitga kirish arzigulik ish bo'ladimi, degan savolga javobni shu reytinglardan olishadi. Qayerda qanday muammoga duch kelishimiz mumkin? Tahdidlar qayerdan bo'ladi? Tahdid yuqori joylarda sarmoyador kattaroq daromad olishni va ehtimoliy zararni shu bilan qoplashni ko'zlashi mumkin. Xullas, reytinglar biznes olami uchun juda zarur qo'llanma," - deydi ekspert.

O'zbekiston reytinglarda ildamlashi uchun hukumat nima qilmog'i lozim? Toshkentdan kelgan katta amaldorlar qanday choralar ko'ra oladi, masalan?

"O'zbekistonda hukumat sarmoya jalb etishda e'tiborni ko'proq makroiqtisodiy omillarga, ishchi kuchi sifati va ma'muriy masalalarga qaratib keladi. Biz vaziyatni o'rganib, shunday xulosa qildikki, siyosiy boshqaruvga nisbatan ishonch, tizimning qanchalik shaffof ekani va erkinlik darajasi eng muhim omillar sifatida namoyon bo'ladi", - deydi Solomon.

"Siyosiy tahdidlar... Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar emas, transport tizimi emas, inson kapitali emas, ko'p jihatdan... Hukumat qanday ishlaydi? Mas'uliyat va javobgarlik darajasi qanday? Sarmoya olib kirilganidan keyingi manzara odatda qanday? Siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoni qanchalik ochkora, shaffof? Inson huquqlari bilan bog'liq ahvol qanday? Qonun ustuvorligi qay darajada? Toshkentdan biz taklif qilgan guruh a'zolari odatda bu masalalar bilan bevosita shug'ullanmaydi, lekin ular bu borada ta'sir qilish kuchiga ega mansabdorlar. Shu bois ular bilan mana shunday seminar o'tkazish foydali bo'ladi deb o'yladik. Agar oldimizda o'tirgan shu rasmiylar siyosiy tahdidlar omili haqida chuqurroq tushunchaga ega bo'lib, mavjud muammolarni qanday yechish haqida yangicha bir yondashuv bilan o'ylay boshlasa, nazarimizda, O'zbekiston oldida yangi imkoniyatlar ochiladi", - deydi amerikalik yetakchi mutaxassis.

Seminarda O'zbekiston rasmiylari bilan muloqot qilayotganlar orasida nafaqat Amerika siyosiy va biznes doiralarining vakillari, balki huquq, erkinlik va oshkoralikni targ'ib qiluvchi tashkilotlar, jumladan "Freedom House" (Ozodlik uyi) ekspertlari ham bor.

Uzbekistan: Political risks and foreign investment
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:25 0:00

Delegatsiya a'zolari bilan suhbatimizni shu saytda, video bo'limidan izlang va quyida tomosha qiling.

O'zbekiston: Fuqaro jamiyati va xalqaro reytinglar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:26 0:00

Navoiy: sarmoya va reytinglar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:23 0:00

Ravshan Gulyamov: O'zbekiston iqtisodiy ko'rsatkichlari bugun qanchalik ishonchli?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:59 0:00

Adliya vaziri o'rinbosari: O'zbekiston xalqini rozi qilish - asosiy ishimiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:27:19 0:00

Odilbek Isakov: reytinglar, sarmoya va bugungi O'zbekiston
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:59 0:00

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG