Breaking News

AQShning O'zbekistondagi yangi elchisi qasamyod keltirdi


Daniel Rozenblumning elchilik qasamyodiga bag'ishlangan tadbir, AQSh Davlat departamenti, Vashington, 9-may, 2019
Daniel Rozenblumning elchilik qasamyodiga bag'ishlangan tadbir, AQSh Davlat departamenti, Vashington, 9-may, 2019

Uzoq yillar AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatida muhim rol o'ynab kelgan Daniel Rozenblum O'zbekistonga yangi elchi sifatida qasamyod qildi. May oyi oxirigacha Toshkentga borish niyatida. Prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorlig'i topshirgach, to'liq faoliyatini boshlaydi. Qasamyodidan keyingi nutqida Rozenblum AQSh va O'zbekiston mushtarak manfaatlarga ega va ular yo'lida "sidqidildan xizmat qilaman", dedi.

2018-yilning 23-avgust kuni Rozenblum AQSh Senati qoshida so'zlab, o'z maqsadlarini tushuntirgan edi. 18-sentabr kuni Senatning Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasi tasdig'idan o'tdi. Lekin uning nomzodi palatada ovozga qo'yilmadi, chunki noyabr oyida yangi Kongress saylandi. Tarkibi o'zgargan Senat 11-aprel kuni uning nomzodini ma'qulladi.

O'tgan oktabr oyidan beri AQShning Toshkentdagi bosh diplomati vazifasida Alan Meltzer ishlab kelmoqda. U aslida elchi o'rinbosari.

"Butunlay suveren O'zbekiston kim bilan qanday hamkorlik qilishni erkin tanlay olishi Amerika manfaatlari uchun xizmat qiladi", - degan edi Rozenblum Senatda so'zlaganida. Bugungi nutqida ham shuni ta'kidladi.

Erkinlik va qonun ustuvorligi targ'iboti uning asosiy maqsadlaridan biri va Rozenblum fikricha, O'zbekistonni yorqin kelajak tomon yetaklovchi eng muhim omillar ham aslida shu.

Daniel Rozenblumning elchilik qasamyodiga bag'ishlangan tadbir, AQSh Davlat departamenti, Vashington, 9-may, 2019
Daniel Rozenblumning elchilik qasamyodiga bag'ishlangan tadbir, AQSh Davlat departamenti, Vashington, 9-may, 2019

Respublikada, deydi diplomat, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida keng qamrovli islohotlar boshlangan. Ularning ijobiy natijalar berishi uchun AQSh o'z hissasini qo'shishi, O'zbekiston xalqini yaqindan quvvatlashi kerak, dedi arbob.

"Ustuvor vazifam albatta Amerika manfaatlarini himoya qilish, amerikaliklar xavfsizligi va elchixona ravnaqini ko'zlash", - deydi Rozenblum.

Lekin elchi o'z oldiga besh maqsadni qo'ygan.

  1. Afg'onistonda tinchlikni ta'minlash, mintaqa xavfsizligini himoya qilish, xalqaro muammolarga qarshi kurashda faollik ko'rsatish.
  2. O'zbekistonda islohotlar jadallashishi yo'lida harakat qilish. Hozirgiga qaraganda ko'proq madad ko'rsatish, barcha jabhalarda.
  3. Amerika xususiy sektorini jalb etib, investitsiya qilish uchun zarur sharoit yaratilishida ko'maklashish.
  4. Inson huquqlari va erkinlikni targ'ib qilish. Ijobiy o'zgarishlarni olqishlab, kamchilik va muammolarni konstruktiv tarzda tanqid qilib, tizim yaxshilanishiga hissa qo'shish.
  5. Ikki xalqni yaqinlashtirish - turli almashinuv dasturlari, madaniy va ilmiy programmalar orqali yoshlarga imkoniyatlar yaratish, hamjihatlik va o'zaro hamkorlikni mustahkamlash.
Vashington
Vashington

Rozenblum 2014-yildan beri AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan diplomatiyasiga bosh-qosh edi. Ungacha Davlat departamentida turli boshqa lavozimlarda ishlagan, xususan Markaziy Osiyo bilan ham shug'ullangan.

Kasaba uyushmalari va mehnat huquqlari bo'yicha ham tajriba ega, chunki bu yo'nalishlarda ham xizmat qilgan.

Rozenblum AQShning nufuzli Yel va Jons Hopkins universitetlarini bitirgan. Ohayo shtatidan ziyoli oilasidan chiqqan. Oilali, ikki farzandi bor.

Bu - Rozenblumning birinchi elchilik lavozimi. Senatorlar uni Afg'oniston yuzasidan O'zbekiston bilan hamkorlik qanchalik muhim, deya savolga tutgan.

Demokrat senator Jin Shahin O'zbekiston o'zgarayotgani, "ochilayotgani biz uchun juda ijobiy xabar va bundan bag'oyat mamnunmiz", - degan edi.

Boshqa senatorlar ham o'xshash fikrda. O'zbekiston-AQSh aloqalari mustahkam bo'lishi kerak, bugungacha erishilgan yutuqlarni boy bermaslik lozim, yangi elchidan bir tomondan hamkorlikni yanada kuchaytirish, ikkinchi tomondan esa AQSh uchun muhim qadriyat va maqsadlarni olg'a surish kutiladi.

Rozenblum bugungi qasamyod marosimida bu masalalarga birma-bir to'xtaldi va zimmasidagi vazifalarni yaxshi tushunishini aytdi.

Vashington siyosiy doiralari Rozenblumning O'zbekistonga elchi sifatida ketayotganidan xursand. Toshkentda ham munosabat ijobiy. Respublika rasmiylari o'zlariga tanish odam elchi bo'lib kelayotganidan mamnun. O'zbekiston hukumatida Pamela Spratlen elchiligida oldinga qo'yilgan ulkan qadamlar davom etaveradi, degan umid bor.

Elchi Daniel Rozenblum rafiqasi Sheron bilan, AQSh Davlat departamenti, 9-may, 2019
Elchi Daniel Rozenblum rafiqasi Sheron bilan, AQSh Davlat departamenti, 9-may, 2019

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG