Breaking News

AQSh-O'zbekiston: Toshkentda diplomatik muloqot


AQShning Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomati Daniel Rozenblum va Toshkentdagi elchisi Pamel Spratlen (arxiv)
AQShning Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomati Daniel Rozenblum va Toshkentdagi elchisi Pamel Spratlen (arxiv)

Yakunlangan haftada Bishkekda Markaziy Osiyoning besh davlati bilan mintaqaviy birdamlik va iqtisodiy integratsiya haqida muzokara olib borgan AQSh bu boradagi sa'y-harakatlar davom etadi degan umidda.

9-aprel kuni Amerikaning Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomati Daniel Rozenblum Toshkentda bo'ldi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muloqotda u oradagi doimiy mavzularni muhokama qildi: xavfsizlik, tijorat va sarmoya hamda huquq. Biror yangilik yo'q. Yangi kelishuvlar xususida ham gap yo'q.

Huquq faollarining aytishicha, Rozenblum Toshkentda arman fermer Aramais Avakyanning oilasi bilan ko'rishgan. Avakyan ekstremizmda ayblanib qamoqda. Jizzaxlik baliqchi tadbirkor diniy radikalizmga umuman aloqasi yo'qligini aytadi. Oilasi va safdoshlariga ko'ra, fermer iqtisodiy-siyosiy sabablar bois nishonga olinmoqda.

Vashington huquqbuzarlik hollari singari nozik muammolarni O'zbekiston hukumati bilan yopiq eshiklar ortida muhokama qilishni ma'qul ko'radi.

Yaqinda AQShning Toshkentdagi elchisi Pamela Spratlen "Amerika Ovozi" bilan suhbatda aloqalarni "tobora mustahkamlanib borayotgan hamkorlik" deya ta'riflab, qator masalalarda tomonlar turlicha pozitsiyada ekanini tan olgan edi.

AQShning O'zbekistondagi elchisi bilan yuzma-yuz suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:15:52 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG