Breaking News

O'zbekiston-AQSh: Rahbar kim bo'lishidan qat'i nazar, hamkorlik davom etadi


AQSh-Markaziy Osiyo: Bugungi strategiya nima?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:06 0:00

AQSh-Markaziy Osiyo: Bugungi strategiya nima?

O’zbekistonda yaqinda o’tgan prezidentlik saylovi va uning natijasiga Qo’shma Shtatlarning munosabati qanday? AQSh pozitsiyasi shuki, u bu borada pozitsiyaga ega emas. Vashington jarayonni ochiq baholashdan bosh tortmoqda. AQSh Davlat departamentida Markaziy Osiyo bilan aloqalarga mas’ul diplomatlardan biri Richard Xoagland (Ambassador Richard Hoagland) “Amerika Ovozi” bu haqda so'raganida, “fikr-qarashlarimizni diplomatik kanallar orqali yetkazamiz” deya javob berdi.

Richard Xoagland - Amerika - Markaziy Osiyo - O'zbekiston - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:00 0:00
Ambassador Richard Hoagland - Central Asia: What's Next?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:44:44 0:00

Xoaglandning tan olishicha, Amerika O’zbekiston konstitutsiyasida nima deyilganini yaxshi biladi: 90-moddaga ko’ra, bir kishi ketma-ket ikki muddatdan ortiq prezident bo’la olmaydi. Islom Karimov va uning atrofidagilar hozirgi vaziyatni qanday izohlashidan qat’i nazar, tashqi dunyo nigohida bosh qomusga ko’z yumildi. Karimovning yana asosiy nomzod sifatida mayronga chiqishi G’arb siyosiy doiralarini hayron qoldirmagan. Bu kutilgan bir qadam sifatida kinoya va kulgi bilan qabul qilingan.Yanvar oyida Davlat departamentidagi yana bir yetakchi rasmiy Daniel Rosenblum bilan suhbatlashganimizda, u Vashington Karimov prezidentlikda qolishga bel bog’laganidan ajablanmayotganini, va eng muhimi, AQSh O’zbekiston rahbari kim bo’lsa ham u bilan yaqindan ishlashga shay ekanini bildirgan edi.

Amerika muhim rol o’ynaydigan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) saylovni cheklangan tarzda kuzatdi. Bu organning Demokratiya va inson huquqlari bo’yicha idorasi 30-mart kuni bergan hisobotda saylov bellashuv emas, tomosha sifatida talqin qilinadi. Hech qanday raqobat kuzatilmagan. Karimov yagona nomzod sifatida ko’rilgan. Qolgan nomzodlar esa, keng tanqid qilinganidek, xo’jako’rsinga tanishtirilgan shaxslar. Saylovchilar bilan uchrashuv deya uyushtirilgan tadbirlarda ular o’z partiyasi haqida ma’ruza o’qidi. Mamlakat yuzlashayotgan muammolar va yechim tomon takliflar, savol-javob - saylovoldi jarayonida bunday muhokamalar deyarli kechmadi.

YXHT hisoboti Karimov o’zi nomzod bo’lishga haqlimidi degan savolni o’rtaga tashlagan. Hukumat javob berishdan bosh tortadi, rasmiylar mujmal izohlar bilan cheklanadi.

AQSh rasmiylarining aytishicha, bu hisobot jiddiy e’tiborda va Vashington YXHTga ishonch bilan qarab, uning xulosalarini olqishlaydi.

Richard Xoagland Jorjtaun universitetida Markaziy Osiyo bo’yicha ekspertlar va jurnalistlar oldida so’zlar ekan, unga yana bir savol berdik: mintaqaning har bir davlatida ishlagan, aloqalarni uzoq yillardan beri tebratib kelayotgan diplomatni biror saylov natijasi hayron qoldirganmi? Qachon hayron qolgan bo’lar edi?

Qozog’iston, Tojikiston va Turkmanistonda elchilik qilgan Xoagland qahqaha otib kuladi. Biror kutilmagan holni eslay olmaydi. Qirg’izistondagi demokratik jarayonlarni ijobiy o’zgarishlar sifatida tilga oladi. Yaqin kelajakda esa Qozog’istondagi saylovlarni (muddatdan oldin o’tayotgan) ko’zdan qochirmang, u yerda qiziq o’zgarishlarga guvoh bo’lsak, ajabmas, deydi.

Xoagland nazarida mintaqa aholisi orasida vaziyatga “og’ir repressiya” va “mutlaq erkinsizlik” deb qaraydiganlar ko’p emas. Xalq cheklovlar ostida yashab shu qadar o’rganib ketganki, G’arbdan kimdir borib, vaziyatni keskin deb baholasa, ular hayron qoladi, deydi diplomat.

Har bir hukumatda islohot tarafdorlari bor va Amerika ularga yaqindan quloq solishi, ularning fikr-qarashlarini inobatga olib, qo’ldan kelgancha quvvatlashi bu tuzumlarni astalik va tinch yo’l bilan rivojlanishiga xizmat qiladi, deydi u.

O’tgan 23 yil mobaynida 24 mingdan oshiq markaziy osiyolik Amerika ilmiy dargohlarida bilim oldi va malaka oshirdi. Ularning aksariyati vataniga qaytgan va turli mashaqqatlarga qaramay taraqqiyot yo’lida hissa qo’shmoqda. Chet elda yurgan mutaxassislar ham ko’p hollarda mintaqa ravnaqi uchun ishlayapti. Bu faktni chetga surmang, deydi Xoagland.

AQShning O'zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen va uning Vashingtondagi rahbarlaridan biri Richard Xoagland
AQShning O'zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen va uning Vashingtondagi rahbarlaridan biri Richard Xoagland

Inson huquqlari tashkilotlari, muxolifatchilar va ko’plab ekspertlar AQShni demokratiya targ’ibotini kuchaytirishga, rahbarlarning qanchalik qattiqqo’l va qonunbuzar ekanini ochiq aytib, ularga qarshi jazo choralari qo'llashga undab keladi. Vashington shunday yo'l tutsagina tuzumlarni o'zgarishga majbur qila oladi, deydi huquq himoyachilari.

Xoagland, keksa diplomat, bu taklifni konstruktiv deb hisoblamaydi. Uyaltirish, keskin bayonotlar berish diplomatiya emas, deydi u, rahbarlar o’zgarishi uchun jamiyatlar o’zgarishi kerak, jamiyatlar esa o’zgarishni o’zi xohlashi va astalik bilan harakat qilishi kerak, deydi u.

Amerika, albatta o’ziga xos rolga ega, undan ko’p narsa kutiladi, biroq rahbar tanlash, liderlarni yetishtirish, yangi zamonga moslashish aholi xohish-istagi, harakati bilan bo’ladi, deya mulohaza yuritadi Xoagland.

31-mart kuni AQSh Davlat kotibi muovini Toni Blinken Brukings institutida, 30-mart kuni Richard Xoagland Jorjtaun universitetida Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatni muhokama qilib, ustuvor maqsadlarni tushuntirdi.

Birinchidan, xavfsizlik va barqarorlik yo’lida birga ishlash. Ikkinchidan, iqtisodiy hamkorlikni oshirish va taraqqiyotda ko’maklashish. Uchinchidan esa demokratiya va erkinlikni targ’ib qilish. AQSh har uch maqsad yo’lida o’z mexanizm va uslublariga ega va jamoatchilik fikri albatta inobatga olinadi, dedi har ikki rasmiy, xalqaro tashkilot va boshqa guruhlardan yog’ilayotgan tanqidlarga ishora qilib.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG