Breaking News

Vashington Lola Karimova-Tillyaeva bilan tanishdi, madaniy kechada


Participants watch the second presidential debate, October 9, 2016.
Participants watch the second presidential debate, October 9, 2016.

O'zbekistonning 77 yoshli rahbari Islom Karimov prezidentlikka qayta saylanish uchun shaylanar ekan, uning kichik qizi, respublikaning UNESCO - BMT Ta'lim, ilm-fan va madaniyat tashkilotidagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyaeva Vashingtonga tashrif buyurdi. Xonim o'zi bilan o'zbekning atoqli adib va san'atkorlarini olib keldi - yozuvchi Erkin A'zam, rassomlar Javlon Umarbekov va Bobur Ismoilov hamda yosh pianist Fotima Ahmadova.

Salom, Vashington! Lola Karimova-Tillyaeva AQSh poytaxtida madaniy kecha o'tkazdi - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:59 0:00
"Alvido, ertaklar"... O'zbek adabiyotiga jahonda qiziqish qanchalik? Erkin A'zam javob beradi - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:29 0:00
O'zbek rassomi Bobur Ismoilov bilan Vashingtonda suhbat - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:52 0:00

O'zbekistonning AQShdagi elchixonasida

AQSh siyosiy va ilmiy doiralari, jumladan Oq uy, Davlat departamenti va Mudofaa vazirligi rasmiylari, mintaqashunos-ekspertlar va jurnalistlar oldida so'zlar ekan, Lola Karimova-Tillyaeva e'tiborni ijodkorlar va ularning asarlariga qaratdi.

Erkin A'zamning UNESCO homiyligida ingliz tiliga tarjima qilingan "Alvido, ertaklar" kitobi dunyoning bu taraflarida ham o'z o'quvchilarini topadi degan umid bor, deya so'zladi diplomat. Tarjimon yosh adiblardan biri A'zam Obidov.

Erkin A'zam, Lola Karimova-Tillyaeva nazarida, zamonaviy o'zbek adabiyotining mumtoz namoyandasi. Adib, uning fikricha, o'z asarlarida insonning ichki dunyosini, o'zbek xalqiga xos xususiyatlarni mohirona tasvirlab bergan.

Javlon Umarbekov va Bobur Ismoilov ijodi esa, deydi UNESCOdagi elchi, sharqona falsafa va madaniyatni ochib beradi, sizni o'ziga sehrlab qo'yadi.

Ijodkorlar ham qisqacha so'zlab, amerikaliklarga o'zlarini tanishtirgach, sahnaga O'zbekiston milliy simfonik orkestri ijrochisi, yosh pianist Fotima Ahmadova chiqib, 19-asrda yashab o'tgan venger bastakori Frants List kompozitsiyalarini chaldi.

Dunyoning siyosiy yuragida dam olish ko'p hollarda orzu. Konsertlar bu yerda qisqa bo'lsa ham meditatsiya. Vashington - rasmiy bayonot va nutqlar bulog'i, tahlil olovi tinmay yonadi bu yerda. Diplomatik kechalarga borganda odamlar sal bo'lsa ham hordiq chiqargisi keladi. Shu bois yosh pianist bir zumda kechaning yulduziga aylandi qoldi.

Lola Karimova-Tillyaeva yozuvchi Erkin A'zam bilan, O'zbekiston elchixonasi, Vashington, 12-mart, 2015
Lola Karimova-Tillyaeva yozuvchi Erkin A'zam bilan, O'zbekiston elchixonasi, Vashington, 12-mart, 2015

Tanishuv va madaniy diplomatiya

O'zbekiston prezidentining qizlari shu kungacha Vashingtonda yig'in o'tkazmagan. Hozirda bedarak ketgan va AQShda o'z shaxsiy tarixiga ega Gulnora Karimova Nyu-Yorkda xususiy tadbirlarda ishtirok etgan xolos.

Kecha boshlanar ekan, hammaning ko'zi bu yil 37 ga kiradigan Lola Karimova-Tillyaeva va turmush o'rtog'i Timur Tillyaevda edi.

O'zbekistonning eng boy juftligi kelayotgan ekan, dabdabali bir ziyofat bo'lsa kerak deb kutganlar tadbirni "madaniy diplomatiya" deb bejiz baholamadi. Rasmiy mezbon mehmonlarni eshik oldida shohona kiyimlarda kutib olgani yo'q. Qora, biznes kostyum kiygan er-xotin O'zbekistonning Vashingtondagi elchisi Baxtiyor G'ulomov hamrohligida zalga kirib kelganida mehmonlar allaqachon o'rnini topib, taqdimotni tomosha qilishga hoziri nozir edi. Tadbirni mahalliy jurnalist, NBC4 kanali diktori Barbara Harrison olib bordi. Bir soatga ham cho'zilmagan taqdimot va konsertdan so'ng hamma o'zini dasturxon va muloqotga urdi.

Lola Karimova-Tillyaeva, O'zbekiston elchixonasi, 12-mart, 2015
Lola Karimova-Tillyaeva, O'zbekiston elchixonasi, 12-mart, 2015

Я являюсь поклонником творчества Эркина Азама и для нас большая честь учавствовать в процессе популяризаци его работ для западных читателей. Думаю, что не будет преувеличением сказать, что Эркин Азам является классиком современной узбекской литературы. Хочу также отметить, что значимость его произведений заключается не только в мастерском описании глубин человеческих отношений, но и в том как объемно он раскрывает добродушие, теплоту, открытость и духовные ценности нашего народа. Также большой честью для нас является возможность представлять горячо любимое мной творчество таких именитых художников как Жавлон Умарбеков и Бобур Исмаилов. Их имена известны и сыскали себе поклонников далеко за пределами Узбекистана. О творчестве этих знаковых, талантливейших художников можно говорить часами, но лучше всего, конечно же, увидеть их работы лично. Вы не останетесь равнодушными, ведь, в них, отображена самобытная восточная философия, которая заставит вас задуматься и обязательно затронет глубинные струны вашей души.
(Bayonot asl holida) - Lola Karimova-Tillyaveva, O'zbekistonning UNESCO tashkilotidagi doimiy vakili, 12-mart, Vashington

Taassurotlar haqida so'raganimizda, Lola Karimova-Tillyaevani qunt bilan tinglagan va u bilan ozgina bo'lsa ham so'zlashgan odamlar uni "kamtarinroq ekan", "uyalibgina gapirdi", "hayotda ko'rinishi ancha boshqacha ekan, suratda ancha o'zgacha ko'rinadi" degan gaplarni eshitdik.

O'zbekistonda saylovga 17 kun qolganida Vashingtonga tashrif buyurishdan maqsad faqat shu tadbirmi?

Ha, faqat shu madaniy tadbir, deya javob qiladi UNESCOdagi vakolatxona xodimi Oqila Toirova. Uning aytishicha, Lola Karimova-Tillyaeva madaniyat elchisi sifatida bunday kechalarni tez-tez o'tkazib turadi va yaqin orada Parijda ham shunday tadbir rejalangan. Qaysi kun o'tishi esa ijodkorlarning vaqtiga qarab belgilanadi, deydi u. Bunisi Navro'zga yaqin uyushtirildi.

Lola Karimova-Tillyaeva - Vashingtonda san'at kechasi - Oqila Toirova, UNESCO xodimi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:58 0:00

Munosabat

O'zbekistonda saylovlarni kuzatib keladigan, shaharlarni kezib ilm-fan namoyandalari va rasmiy doiralar bilan muloqot qilib turadigan olim, sharqshunos professor Oftob Qozi fikricha, madaniy diplomatiya juda kuchli qurol va undan unumli foydalanish kerak.

Ism-sharifi aytilmasligini so'ragan keksa bir diplomatning ta'kidlashicha, elchixonalardagi kechalarni bejirim kiyingan va bir-biri bilan shirin so'z almashib, qadahini urishtiradigan yig'inlar deb o'ylasangiz, xato qilasiz. Mumtoz musiqa va tansiq taomning roli beqiyos, deydi u, biroq odamlar faqat shuning uchun kelmaydi yoki taklif qilinmaydi.

Navro'z ayyomi, milliy san'at va adabiyot bahonasida muhim shaxslar bir joyga to'planadi, norasmiy lekin diplomatik muhitda tanishish noyob va bebaho imkoniyat, deydi u.

"Har holda Lola Karimova-Tillyaeva otasi yoki begonalashib ketgan opasi xususida emas, o'zi haqida o'ylayotgan bo'lsa ajabmas", - deydi "Amerika Ovozi" bilan tadbirdan keyin gaplashgan bir siyosatdon. "Aqlli ayol ekani aniq, quvvatlab turgan eri bor; AQShda uy-joyli; Vashingtondagi muhim odamlar bilan qo'l berishib qo'ygisi kelayotganini tushunsa bo'ladi. Kelajak haqida o'ylayotgan bo'lishi mumkin".

Islom Karimov qayta saylanish uchun AQSh quvvatloviga muhtoj emas. Obama ma'muriyati O'zbekiston rahbari bilan til topisha olgan va hamkorlikdan tomonlar ozmi-ko'pmi minnatdor.

Amerikaning Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomati Daniel Rozenblum (u ham kechada mehmon bo'ldi) yaqinda bergan intervyusida yondashuvni shunday tushuntirgan edi: Vashington O'zbekistonda kim hokimiyatda bo'lishidan qat'i nazar, u bilan ishlayveradi. Bu siyosat yaqin orada o'zgarmaydi.

2013-yilning oxiri 2014-yilning boshlarida Gulnora Karimova "Twitter" tarmog'idagi sahifasida singlisi va ota-onasi bilan munosabatlari, Milliy xavfsizlik xizmatiga qarshi fikrlarini dasturxon qilib, G'arb ekspert va jurnalistlarini o'ziga qaratgan edi.

Uning jimib ketganiga ham bir yildan oshdi. Sabablariga qiziqadiganlar hamon ko'p lekin yangilik uzoq yashamaydigan Vashingtonda muhim odamlarning xotirasi qisqa, vaqt esa pul. E'tibor ham shunga yarasha.

Taxmin va bashoratni chetga sursak, Lola Karimova-Tillyaeva mezbonlik qilgan tadbir O'zbekiston diplomatiyasining bir qismi, deydi mehmonlar, ortiqcha ta'rifga hojat yo'q.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG