Breaking News

Afg'oniston Tolibon a'zolarini hibsdan ozod qilmoqda


"Tinchlik karvoni" nomini olgan yurish Afg'onistonda urushni to'xtatish talabi bilan yuzlab kilometr masofani piyoda bosib o'tmoqda
"Tinchlik karvoni" nomini olgan yurish Afg'onistonda urushni to'xtatish talabi bilan yuzlab kilometr masofani piyoda bosib o'tmoqda

Afg’oniston hukumati hibsda saqlanayotgan yuzlab Tolibon vakillarini ozodlikka chiqarishga qaror qildi. Tashabbusni Tolibon harakati ham, AQSh hukumati ham qo’llab- quvvatlamoqda. Qaror uzoq yillik qonli afg’on urushiga siyosiy yechim topish yo’lida qo’yilgan jiddiy qadam ekani aytilmoqda.

Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’ani ikki oy mobaynida 900 ga yaqin Tolibon mahbuslarining ozod etilishini ma’lum qilgan. Rasmiylarning bildirishicha, harakatning o’nlab a’zolari allaqachon erkinlikka chiqarilgan.

Afg’oniston OAV ma’lum qilishicha, joriy haftada 300 mahbus ozod etiladi.

Tolibon harakati ham Afg’onistonning turli qamoqxonalaridan o’z vakillarining ozod etilayotganini tasdiqlagan. Ushbu qarorni “pozitiv qadam” deb baholayotgan harakat yetakchilari hukumatni jarayonlarni shu zaylda davom ettirishga chaqirmoqda.

AQShning Afg’onistondagi elchisi Joxan Bass Kobulning tashabbusini olqishlab, qaror nizolarga siyosiy yechim topishga xizmat qiladigan iqlimni yuzaga keltirishini ta’kidladi. “Barqaror tinchlik tomonlarning o’zaro murosasi va kechirimlilik hislatlari asosiga quriladi”, - deb yozdi Bass “Twitter”da.

Ayni damda, elchi Tolibon harakatini afg’on hukumati vakillarini ozod etish bilan javob bermagani uchun tanqid qilgan.

AQSh va Tolibon o’rtasidagi navbatdagi muzokara joriy oy oxirida Qatarda o’tishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG