"Vashington choyxonasi" dasturining navbatdagi mehmoni - o'zbekistonlik tadbirkor, "MFaktor" teleloyihasi asoschilaridan biri, ayni paytda ijodiy safar bilan AQShga tashrif buyurgan Hasan Mamasaidov.
Bu dasturimizni "MFaktor" ko'rsatuvi bilan qo'shma loyiha sifatida o'tkazdik. Muloqotga "Amerika Ovozi" mezbonlik qilgan bo'lsa-da, suhbatga nafaqat "Vashington choyxonasi" vakillari, balki Hasan Mamasaidov ham boshlovchilik qildi. Ya'ni, mehmon "MFaktor" uchun, biz esa "Vashington choyxonasi" uchun bir-birimizga savollar berdik.
Muloqotimizni quyida tomosha qiling.
Facebook Forum