Texas shtatining Meksika bilan chegaradosh El Paso shahridagi supermarketda bir kishi o't ochib, 20 odamni o'ldirgan. 26 kishi jarohatlangan.
Hujumchi hibsda: 21 yoshli amerikalik erkak.
Voqea mahalliy vaqt bilan soat 11 larda ro'y bergan. Prezident Tramp va hukumat a'zolari El Pasoda vaziyat nazorat ostida ekanini aytmoqda.
Politsiyaga ko'ra, tergov avjida. Hujum sababi, deya bildirmoqda ichki ishlar boshqarmasi, hozircha hujumchining lotin amerikaliklarga nisbatan nafratiga borib taqalmoqda. U aynan meksikalik muhojirlarni nishonga olgan.
Yigit Texasni meksikaliklar bosib olmoqda va ularni yo'q qilish kerak, degan mazmunda o'z yovuz maqsadlarini yozib chiqqan. O'lganlar orasida uch kishi, jarohatlanganlardan olti nafari Meksikadan vaqtincha kelganlar bo'lgan.
El Pasoda 700 mingga yaqin aholi yashaydi. Amerika bo'ylab bunday qurolli hujumlarda har yili yuzlab odamlar nobud bo'ladi. Qurol nazorati bo'yicha bahslar tinmaydi.
Facebook Forum