Breaking News

Rossiya "Katta yettilik"ka qaytadimi?


Xalqaro hayot: "Katta yettilik" va Rossiya
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:36 0:00

Fransiyada yakunlangan "Katta yettilik" sammitida AQSh Prezidenti Donald Tramp keyingi yil AQShda bo'ladigan anjumanga Rossiyani taklif qilish fikri bilan chiqdi. Bu yig'indagi boshqa ishtirokchilarning noroziligiga sabab bo'ldi.

"Rossiya chodirning tashqarisidan ko'ra, ichkarisida bo'lgani yaxshi. Har ikki holatda ham, kunimiz o'tadi", - dedi Tramp.

Masala Rossiyada bahslarga sabab bo'ldi. Rossiyaning qo'shilishiga shubha qilayotganlar bor.

"Prezident Tramp oldi-qochdi gaplarni ko'p gapiradi. Matbuot bilan ko'p urishadi va uning so'zlarini jiddiy qabul qila olmaymiz. Rossiya "Katta yettilik"ka qo'shilishi kerak, deb 2018-yildayoq aytgan edi. Bu shovqin chiqarish, xolos. Odamlarning qulog'i bu gap-so'zlarga o'rganadi va nihoyat Rossiya qayta taklif qilinishi mumkin", - deydi ekspert Vitaliy Shkliarov.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham vaziyatga shubha bilan qaramoqda.

"Katta sakkizlik" mavjud emas. Yo'q bo'lgan tashkilotga qanday qilib kirish mumkin? Hozir u "Katta yettilik", "Katta sakkizlik" emas. Sakkiz mamlakat doirasidagi muzokaralarga kelsak, biz hech qachon yo'q demaganmiz. "Katta sakkizlik" sammitiga mezbonlik qilish bizga kelganda, hech kim ko'rinish bermadi. Hamkorlarimizni "Katta yettilik" sifatida qabul qilishga ham tayyormiz", - dedi Rossiya rahbari.

Tarixchi Nikolay Rodenskiyga ko'ra, Putin aqlli o'yin o'ynayapti.

"U bu safar "Katta yettilik" haqida gapirganda sir boy bermasdan, "ko'ramiz, bilmayman", deb javob bermoqda. Endi bu imkoniyatdan foydalanib, Rossiya yetakchilari propagandaga zo'r beradi. Kreml endi, "Bizni sababsiz chiqarib yuborishdi. Lekin biz juda mag'rurmiz, osonlikcha qaytmaymiz. Aybini tushungan G'arb endi uni tuzatmoqchi", deb aytmoqda", - deydi u.

Mafkuraviy sabablardan tashqari, Rossiya "Katta yettilik"da ortiq foyda ko'rmayapti, deydi ba'zi kuzatuvchilar.

"Hozirgi siyosiy vaziyatda Rossiya "Katta sakkizlik"ni qayta tiklashda manfaat ko'rmasligi mumkin. Muzokaralarni boshqa platformalarda olib borish mumkin. "Katta yettilik" va "Katta sakkizlik" platforma sifatida eskirgan, degan qarash ham bor", - deydi siyosiy tahlilchi Vitaliy Shkliarov.

Rossiya parlamenti yuqori palatasida Xalqaro masalalar qo'mitasi raisi Konstantin Kosachev yaqinda agar Rossiya guruhga qo'shilsa, u "7+1" emas, balki"1 ga qarshi 7" bo'ladi, deb aytgan edi. Unga ko'ra, buning oldini olish uchun Xitoy va Hindistonni ham unga qo'shish kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG