Breaking News

Bahs: mahalliy terrorizm nima?


AQShda mahalliy terrorizm
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

AQSh huquq-tartibot rasmiylari nafratga asoslangan mahalliy guruhlarga qarshi kurash yo'llarini muhokama qilmoqda. Ularga ko'ra, xalqaro terrorizmga qarshi kurash choralarini mahalliy darajada tatbiq etish masalasini ko'rib chiqish kerak.

O'tgan oy Texasning El-Paso shahrida 22 odamning o'limiga sabab bo'lgan ommaviy otishma mahalliy terrorizm deya ataldi.

Lekin otishmani sodir etgan shaxs Patrik Krusius terrorizmda emas, balki qotillikda ayblandi.

Bunga sabab, deydi ekspertlar, AQShda amerikaliklarni mahalliy terrorchi sifatida malakalaydigan qonun mavjud emas.

Mavjud federal qonunga ko'ra, agar shaxs "Al-Qoida" yoki "Islomiy davlat" kabi xorijdagi terror guruhlari bilan hamkorlik qilsagina terrorchi sifatida ayblanishi mumkin.

"Agar voqea AQShda yuz bersa, boshqa mafkuralarga asoslangan bo'lsa, hukumat siyosatiga zo'rlik va tahdid yo'li bilan ta'sir o'tkazishga urinilsa va xorijlik terror tashkilotiga aloqador bo'lmasa, mahalliy terrorizm deb ataladi", - deydi milliy xavfsizlik bo'yicha sobiq prokuror Meri Makkord.

Mahalliy terrorizm holatlari ko'payar ekan, Kongress uni tartibga soluvchi federal qonunni o'zgartirish niyatida.

"Bu o'zgarishlar huquq-tartibot organlariga hozir mavjud bo'lmagan qanday yangi vakolatlar beradi? Bu narsa so'z erkinligi yoki siyosiy qarashlarni ifodalash shakllariga qarshi ishlatiladigan qurolga aylanib qolmaydimi? Shu masalani o'rganishga urinish bor", - deydi Xalqaro yetakchilik bo'yicha Makkeyn instituti tadqiqotchisi Nikolas Rasmussen.

2018-yil oktabrda Pitsburg shahridagi sinagogada 11 kishini otib o'ldirgan shaxs yahudiylarni tahqirlovchi so'zlarni tilga olgan edi. Kaliforniya Davlat universiteti o'tkazgan tadqiqotga ko'ra, 2018-yildan beri oq tanli irqchilar qo'lida 42 odam o'lgan; xorijiy terror guruhiga aloqador shaxs tomonidan esa faqat bitta qotillik sodir etilgan, xolos.

Ijtimoiy tarmoqlar ham mahalliy ekstremistlarga qarshi kurash olib boryapti. Ekspertlarga ko'ra, bu masalada davlat va xususiy sektor hamkorlik qilishi kerak.

"Hukumat ham buni qilishi kerak va xususiy sektor, texnologiya kompaniyalari va ijtimoiy tarmoqlar ham qilishi kerak. Yechim o'zaro hamkorlikda. Federal va mahalliy huquq-tartibot organlari hamda ruhiy sog'liqni tekshirish maskanlari, ijtimoiy yordam va ta'lim dargohlari o'rtasida hamkorlik modeli bo'lishi kerak. Mukammal yechim yo'llarini taklif qilishimiz lozim", - deydi yana bir tadqiqotchi Jorj Selim.

Ekspertlarning qayd etishicha, mahalliy terrorizm global muammo va shu bois xalqaro hamjamiyat unga qarshi birgalikda kurashishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG