Breaking News

Oyga va keyinchalik Marsga uchishga tayyorgarlik


Oyga uchishga tayyorgarlik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00

Oyda tadqiqotlar olib borish uchun astronavtlarga turar joy va laboratoriyani o’z ichiga olgan fazoviy stansiyalar kerak. AQSh Fazo agentligi Oy ortibasida uchib yuradigan, turli kompaniyalar yaratgan tadqiqot stansiyalari maketlarini ko’rib chiqmoqda. Loyiha nomi - Geytvey.

Stansiya Oyga va ehtimol Marsga sayohat qilishni kutayotgan astronavtlar uchun vaqtinchalik turar joy vazifasini ham bajaradi. Maketlar sharga o’xshasa-da, dizayni ancha murakkab.

“Oyga uchish va qo’nish uchun ishlatiladigan apparatlar mana shu stansiyaga biriktiriladi. Bu keyinchalik Mars missiyasi uchun ham foydali bo’ladi. Oy orbitasidagi platforma desak bo’ladi”, - deydi astronavt Mayk Gernxart.

Shar ichida tadqiqotlar olib borish uchun alohida joy, odamlar yashashi va ishlashi uchun zarur bo’lgan xonalar bo’ladi. Ayni damda mutaxassislar eng yaxshi dizaynni tanlash bilan band.

“Maqsad - bizga taqdim etilgan modullarning yaxshi va yomon tomonlarini aniqlash. Shundan so’ng ma’lumotlarni bir joyga to’plab, tavsiyalar beramiz va hatto parvozlar uchun kerakli talablarni ishlab chiqamiz”, - deydi Gernxart.

Fazoviy stansiyalar loyihalashtirilayotgani va maketlar qurilayotgani bejiz emas. Tramp ma’muriyati 2024-yilgacha Oyga raketa qo’ndirishni rejalamoqda.

Muhlat belgilab qo’yilgani “Artemida” dasturi yaratilishiga asos bo’ldi. Yangi kosmik stansiya va lunoxodlarni yaratishga xususiy kompaniyalar ham jalb qilinmoqda.

Stansiya ichida laboratoriya va odamlar yashashi uchun xonalar bo’ladi.

O’z maketlarini taqdim etgan kompaniyalardan biri bu - Bigelo Aeronavtika. Unga mehmonxonalarga egalik qiluvchi milliarder Robert Bigelo asos solgan. Kompaniya AQSh Fazo agentligi bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

“Geytvey loyihasi - barcha modullarni chuqur kosmosda sinab ko’rish uchun imkoniyat. Shu orqali Mars missiyasiga ham tayyorgarlik ko’ramiz”, - deydi tadbirkor.

Kompaniya yaratgan B-330 moduli kapsula ichida Yerdan uchiriladi. Uning usti matoga o’xshash material bilan qoplangan. Ichidagilarni radiatsiya va kosmik chiqindilardan himoya qiladi.

Oy orbitasidagi stansiyaga yetib borgandan keyin kapsula ochilib, olti astronavt yashay va ishlay oladigan, 16 metr uzunlikdagi, ikki qavatli uyga aylanadi.

Geytvey loyihasi 2028-yilgacha bir milliard dollarga tushadi. Dasturga boshqa mamlakatlar ham qiziqish bildirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG