Breaking News

AQSh Parij Iqlim kelishuvidan chiqish arizasini BMTga rasman topshirdi


Iqlim isishiga qarshi Oq uy oldida o'tkazilgan namoyish, 2017-yil, 1-iyun
Iqlim isishiga qarshi Oq uy oldida o'tkazilgan namoyish, 2017-yil, 1-iyun

AQSh 2015-yilda imzolangan Parij iqlim kelishuvidan chiqish jarayonini boshlayotgani haqida BMTga rasman ma'lum qildi. Dunyoning yetakchi davlatlari ishtirokida 4 yil avval erishilgan xalqaro bitim atmosferadagi issiqxona gazlari miqdorini kamaytirishni ko'zda tutadi.

Prezident Donald Tramp AQShning Parij bitimidan chiqishi haqidagi qarorni ikki yil avval e'lon qilgan edi.

Davlat departamenti so'zlovchisining "Amerika Ovozi"ga aytishicha, Parij kelishuvi "Amerika bizneslari, ishchilari va soliq to'lovchilari zimmasiga ortiqcha majburiyat yuklab, boshqa davlatlarga yengillik bergani" uchun prezident undan chiqishga qaror qilgan.

Parij Iqlim kelishuvi global haroratni sanoat asridan avvalgi holatdan selsiy shkalasi bo'yicha ikki daraja pastga tushirishni maqsad qilgan. Shuningdek, global iqlim isishini cheklash ham ko'zda tutilgan.

Global miqyosda atmosferaga eng ko'p issiqxona gazlarini chiqarayotgan davlat Xitoy, undan so'ng AQSh.

Bitim kuchga kirgandan so'ng undan chiqish arizasini berish uchun uch yillik kutish muddati belgilangan edi. 4-noyabr uch yillik muddat tugagani bois Tramp ma'muriyati chiqish niyatini rasman bildirdi.

Kelishuvdan chiqish jarayoni ijroga kirguncha yana bir yil vaqt o'tadi. 2020-yil 4-noyabrda esa AQShda navbatdagi prezidentlik saylovi o'tgan bo'ladi. Agar Tramp ikkinchi muddat uchun saylovda yutqazib, Oq uyga demokratlar vakili kelsa, kelishuvdan chiqish haqidagi qaror bekor qilinishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG