Breaking News

Falastinliklar AQShga qarshi namoyish qilmoqda


Falastinlik namoyishchi AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo “harbiy jinoyatlarga sherik” deb yozilgan plakat bilan, Ramalloh shahri, 2019-yil, 26-noyabr.
Falastinlik namoyishchi AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo “harbiy jinoyatlarga sherik” deb yozilgan plakat bilan, Ramalloh shahri, 2019-yil, 26-noyabr.

26-noyabr kuni minglab falastinliklar Iordan daryosining G’arbiy sohili bo’ylab norozilik namoyishiga chiqdi. “G’azab kuni” deb nomlangan namoyishga AQShning bahsli hududlarga nisbatan pozitsiyasini o’zgartirgani sabab bo’lgan.

Namoyischilar mashina ballonlariga o’t yoqib, Isroil askarlariga tosh otib hujum qilgan. Isroil kuchlari ko'zni yoshlantiruvchi gaz va odam qochiruvchi granatalar bilan javob qaytargan.

Falastinliklar Isroil bayrog’ini libos qilib kiyib olgan holda aks ettirilgan Donald Tramp suratiga o’t qo’ygan. AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo “harbiy jinoyatlarga sherik” deb yozilgan plakatlar bilan o’z arzini ifodalagan.

Jiddiy jarohatlar qayd etilmagan. 26-noyabr oqshomida G’azo sektoridan Isroilga ikki raketa hujumi uyushtirilgan. Biroq aholi va binolarga ziyon yetmagan.

Tramp ma’muriyati o’tgan hafta AQShning 40 yillik siyosatida o’zgarish yasab, “G’arbiy sohildagi yerlarning yahudiylar tomonidan egallab olinishi xalqaro qonunlarga zid” deb bilingan pozitsiyasidan voz kechgan edi.

Pompeoga ko’ra, eski siyosat “tinchlikka eltmadi”.

Davlat kotibi G’arbiy sohil maqomi yuzasidan AQSh yakuniy qarorga kelmagani, mazkur masala tinchlik o’rnatish bo’yicha so’nggi kelishuvda hal etilishini bildirgan. Pompeo eski siyosat tinchlik o’rnatishga yaroqsiz ekanini ta’kidlagan.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga ko’ra, Tramp ma’muriyati haqiqat va adolatni himoya qilib “tarixiy xato”ni tuzatmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG