Rossiya poytaxti Moskva ko'chalarini 30 mingga yaqin farrosh tozalaydi. Shaharning ozodaligi ular zimmasida, ammo moskvaliklar ularning mavjudligini hatto sezishmaydi.
Ishchilarning aksariyati markaziy osiyolik. Chunki ular oz maoshga ishlashga rozi.
"Agar kasal bo'lib qolsangiz, hech narsa olmaysiz", - deydi qirg'izstonlik Suhrob.
Suhrob 3 farzandning otasi. Yuzlariga tushgan ajindan yoshiga nisbatan katta ko'rinadi.
Bir necha oy oldin u insultga uchradi, lekin oyoqqa turishi bilan yana ishga qaytdi.
Shahar ixtiyorida chang va axlatnini avtomat so'rib oluvchi 6000 dan ortiq yuk mashinalari bor, lekin ko'cha-ko'yda ular kamdan-kam ko'rinadi.
Chunki ular qimmat va ishlatish xarajatlari ham ko'p.
"Biz arzonroqmiz", - deydi Suhrob.
Ko'cha supuruvchilarning o'rtacha oyligi 346 dollar. Bir necha yillik tajribaga ega Suhrobniki 500 dollar.
Rossiyada markaziy osiyolik mehnat migrantlari soni 11 milliondan ortiq ekani aytiladi. Arzon ishchi kuchi sifatida ulardan turli tarmoqlarda foydalaniladi. Odam ko'pligidan ish topish ham oson emas.
"Ishimizni saqlab qolish uchun boshqaruvchilarimizga sovg'a berishimiz kerak", - deydi Suhrob.
Ish soatlari aniq emas. Ba'zan qoq tunda ham ularni ishga chaqirishadi. Ob-havoning yomonligi, sovuq ham ularni ishdan to'xtata olmaydi.
"Istalgan payt chaqirishlari mumkin. Buyruq "WhatsApp" orqali keladi", - deydi qirg'izistonlik farrosh.
Facebook Forum