TOSHKENT —
O’zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan qamoqdagi 92 kishini afv etgan.
Ularning aksariyati, ya’ni 79 nafari man etilgan guruh va harakatlarga a’zolikda ayblanib, panjara ortiga tashlangan fuqarolar. Bu insonlar “qilmishidan pushaymon” ekanini bildirib, kechirim so’ragan.
20 nafari butkul ozod etiladi. 37 nafari shartli ravishda erkinlikka chiqadi. Qolganlarning jazo muddati qisqaradi. Afv etilganlarning uch nafari ayol, uch nafari yoshi 60 dan oshgan mahbus.
Facebook Forum