400 chaqirimga cho‘zilgan "Dushanbe–Xo‘jand–Bo‘ston–Chanoq" shoh yo‘lini "Buyuk Ipak yo‘li"ning tarkibiy qismi deyishadi. Bu Tojikiston hududidagi yagona pulli yo‘l. Yo‘lda ikki dovon - "Anzob" (balandligi 3372 metr) va "Shahriston"(balandligi 3378 metr) va ikki tunnel - "Istiqlol"(uzunligi 5040 metr) va "Shahriston"(uzunligi 5253 metr)dan o‘tiladi.
Yo‘l yoqasida tosh kulbalar uchraydi. Xizmat ko‘rsatish nuqtalari ham mavjud. Yo‘l aholi yashash nuqtalari – qishloqlarni ham oralab o‘tadi. Bu yo‘ldan tunu kun mashinalar karvoni janubdan shimolga, shimoldan janubga qatnaydi. Qish kunlari qalin qor tushadi. Avtomashinalar harakati qiyinlashadi. Qishning oxirlari, erta bahorda tez-tez qor ko‘chkilari bo‘lib turadi. Qor ko‘chkisi va tosh tushishidan asrash uchun yigirmadan ortiq qisqa-qisqa tunellar qurilgan. Ammo shunga qaramay har yili o‘nlab mashinalar qor ostida qoladi yoki pastga qulaydi. Qulagan avtomashinalar bu yerlarda abadiyan qolib ketadi. Bu yo‘l har yili o‘nlab odamlar hayotiga ham zomin bo‘ladi. Ammo bu yo‘lda qatnovlar to‘xtamaydi. Bu Tojikistonning birligini ta'minlaydigan yo‘l. Poytaxt Dushanbeni shimoliy Tojikiston bilan bog‘laydigan yagona shoh yo‘l!
2012-yil "Shahriston" tunneli foydalanishga topshirilishida Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon "agar texnika-texnologiya imkoniyatlari bo‘lmaganida, tirnoqlarimiz bilan kavlab bo‘lsa ham bu yo‘lni ochgan bo‘lardik", deya ta'kidlagan edi.