Xo‘jand shahrida faoliyat yuritadigan AQSh va Rossiya madaniy markazlariga har hafta yuzlab mahalliy yoshlar tashrif buyuradi.
Xo‘jand shahrida faoliyat yuritadigan AQSh va Rossiya madaniy markazlariga har hafta yuzlab yoshlar tashrif buyuradi. Ularning aksariyati ingliz yoki rus tilini o‘rganib, bu davlatlarda o‘qib, malaka oshirish yoki ishlashni istaydi.
Xo’jand shahri ko’plab bosqinchiliklarni boshdan kechirgan. Shahar uch ming yillik tarixida ko’plab urushlarga guvoh bo’lgan, vayronaga aylantirilib, so’ng yana qayta qurilgan.
Xo’jand shahrida Rossiya tomonidan moliyalanuvchi bir necha davlat va nodavlat muassasalar faoliyat yuritadi. So'nggi payt ularning ishida favqulodda faollik kuzatilmoqda. Byudjetdan mablag' oladigan mahalliy matbuot ham nafaqat hukumat siyosatini, balki rus madaniyatini ham targ‘ib qiladi.
Qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish kuzatilmaydi. O‘zbekiston hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, sug‘orish uchun foydalaniladigan suvning 39 foizi tuproq o‘zanli kanal va ariqlarda isrof bo’ladi. Mintaqaning boshqa davlatlarida ham shunga o‘xshash holat.
Ba'zi ekspertlar fikricha, “C5+1” formatidagi uchrashuvlar Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro siyosatini muvofiqlashtirishiga turtki bo‘lmoqda.
Markaziy Osiyoda yildan yilga suv tanqisligi ortib, daryolar oqimining yuqori va quyi davlatlari manfaatlari to‘qnashayotgan bir paytda, uchinchi tomon paydo bo‘ldi.
Dushanbeda Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta’sischi davlatlarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, Tolibon qurayotgan kanalning ishga tushirilishi Markaziy Osiyoda suvdan foydalanish tartibi va muvozanatini tubdan o’zgartirishi mumkin.
Markaziy Osiyo rahbarlarining beshinchi sammiti yakuniy xulosalariga ko‘ra, bu muntazam yig'inlar ko‘zga ko‘rinarli natijalarga yetaklamayapti.
2022-yili Qirg‘izistonda o‘tkazilgan sammitda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik to'g'risidagi sharnomani O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston imzolagan, xolos.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, chegaradan noqonuniy o’tgan shaxslar aslida tojikistonlik va Tojikistonda faoliyati taqiqlangan “Ansorulloh jamoati” guruhi a’zolaridir.
Rossiya-Ukraina urushi masalasida rasmiy bayonot berishdan tiyilib kelayotgan Tojikiston o‘z pozitsiyasini ochiqladi.
Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining Ashxobodda o'tkazgan sammiti ko‘plab savollarni tug‘dirmoqda.
Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati prokuraturasi Tojikiston Oliy iqtisodiy sudiga Xorug‘ shahridagi Markaziy Osiyo universiteti yerini davlatga qaytarishni so‘rab murojaat qilgan. Nega?.
Afg‘onistonda toliblarning Qo‘shteppa kanali orqali Amudaryodan suv olishi Markaziy Osiyo davlatlari uchun kutilmagan hol bo‘ldi.
Xitoy sarmoyasi Tojikistonda aloqa, qurilish, iqtisod, tog’-kon sanoati va zamonaviy texnologiyalar sohalariga yo’naltirilgan.
Tojikiston Rossiyada uning fuqarolari kaltaklanishi, ularga nisbatan shafqatsiz munosabat va talabalarning ommaviy hibsga olinishi yuzasidan Moskvani savolga tutmoqda.
Farg‘ona vodiysi - Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasi kesishadigan va ijtimoiy muammolarga boy bo‘lgan murakkab hudud.
Sakkiz nafar jurnalistning barchasi aybdor deb topilgan va 7 yildan 21 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan.
Tojikiston va Qirg‘izistonga tashrif buyurib, ikki davlat rasmiylari hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashgan AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu shunday fikrni bildirmoqda.
Ko'proq...