Breaking News

Farg‘ona vodiysidagi ziddiyatlar qachon hal bo'ladi?


Qirg'izistonning Botken viloyatida Tojikiston bilan chegaradosh hududda o'tgan yili yuz bergan zo'ravonliklardan qolgan manzara
Qirg'izistonning Botken viloyatida Tojikiston bilan chegaradosh hududda o'tgan yili yuz bergan zo'ravonliklardan qolgan manzara

Fargona vodiysi Markaziy Osiyo mintaqasining uch davlati – Tojikiston, Ozbekiston va Qirgiziston chegarasi kesishadigan va ijtimoiy muammolarga boy bolgan eng murakkab bo'lagi. Uning yaqin otmishi milliy, diniy tus olgan toqnashuvlar, hatto davlatlararo mojarolarga sabab bolgan inqirozlarga boy boldi.

Markaziy Osiyo aholisi taqriban 75 millionga yetgan bolsa, undan 18 millionga yaqini Fargona vodiysida yashaydi. Vodiy esa Markaziy Osiyo hududining bor-yogi 2 foizdan koproq qismini tashkil etadi.

Aholining etnik tarkibi ham xilma-xil. Tub aholi - ozbeklar, tojiklar va qirgizlar. Fargona vodiysida Tojikistonning Sugd, Ozbekistonning Fargona, Namangan va Andijon hamda Qirgizistonning Jalolobod, Osh, Botken viloyatlari joylashgan. Ayni paytda davlatlararo chegaralar uzil-kesil hal etilmagan. Fargona vodiysining yaqin otmishida qonli sahifalar kop.

Yer, suv, boylik, hokimiyat uchun mojarolar etnik yoki diniy tus olgan holatlar ham bor. 1990-yil Ozgan voqealari, 2000-yillar diniy-ekstremistik tashkilotlar tahdidi, 2005-yil Andijon voqealari, 2010-yil Osh va Jalolobod voqealari, 2020-yil Sox, 2021-yilning bahori va 2022-yilning 14-17 sentyabr kunlari tojik-qirgiz chegara toqnashuvlari shular jumlasidandir.

Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan bevosita chegaraga ega bolgan yagona davlati – Ozbekistondagi har qanday yirik voqea, shubhasiz, mintaqaviy ahamiyatga ega.

Ozbekistonda hokimiyat teppasiga Shavkat Mirziyoyev kelganidan song qoshni davlatlar bilan munosabatlar yaxshilanib, "yaxshi qoshnichilik" ananalari tiklanishi mintaqada integratsion jarayonga tasir korsatdi. Uzoq yillar davom etgan davlatlararo muammolar oz yechimini topa boshladi.

Mintaqaning eng murakkab Fargona vodiysida 2018-yili Tojikiston va Ozbekiston orasidagi chegara bahslariga barham berildi. 2023-yilning boshida Ozbekiston va Qirgiziston ortasidagi chegara muammolari ham oz yechimini topdi. Ammo Tojikiston va Qirgiziston orasidagi bahsli chegara taqdiri hal bolmay, murakkabligicha qolmoqda.

Tojik-qirgiz chegara muammolarining yechimi masalasida ekspertlar fikri turlicha.

Tojikistonlik siyosatshunos Sherali Rizoyon fikricha, Fargona vodiysida ozbek-tojik va ozbek-qirgiz chegara muammolarining hal etilishi bu mintaqaga nisbatan munosabatni ozgartiradi va tojik-qirgiz chegara bahsi oz yechimini topishiga umid uygotmoqda.

Joriy yil boshida Ozbekiston va Qirgiziston muammosini hal qildi. Avvalroq, Tojikiston va Ozbekiston ushbu murakkab mintaqada davlat chegaralari muammosini hal qilishgan edi. Bu ikki holat natijasida Fargona vodiysi haqida yaratilgan qorquv va afsonalarning aksariyati notogri bolib chiqdi…”,–deydi Rizoyon.

Siyosatshunos fikricha, yaqin yillarda Tojikiston va Qirgiziston orasidagi chegara muammosi hal etilishi ehtimoldan uzoq emas.

Tarixchi olim, Tojikiston milliy universiteti qoshidagi Mintaqaviy va qiyosiy tadqiqotlar markazi rahbari Muzaffar Olimov fikricha, Markaziy Osiyo davlatlararo chegara nizolarining omillari iqtisodiy bolishiga qaramay, ular milliy tus olib ulgurgan.

"Sobiq ittifoq parchalanganidan keyingi dastlabki yillarda Markaziy Osiyoda chegaraga nisbatan salbiy munosabat tufayli yuzaga kelgan ziddiyat etnik nizoga aylandi. Masalan, tojik-qirgiz chegarasining songgi 20 yildagi otmishiga nazar tashlaydigan bolsak, ularning barchasi mulkiy nizolar xususiyatiga ega ekanligini koramiz. Bahsli maydonlarning aksariyati suv taqsimlovchi inshootlar, kopriklar, yollar, elektr podstansiyasi, suv tortish (nasos) stansiyasi, sugorish kanallari, uzumzorlar, boglar toifasiga kirdi",–deydi Olimov.

Suhbatdoshimizning fikricha, asli otgan asrning 20-30 yillarida Markaziy Osiyo mintaqasida beshta milliy davlatlarni tashkil etish togri qaror bolmagan.

"Milliy davlatlar tashkil etish bu mintaqa uchun xos emas edi. Sobiq Sovet ittifoqi tashkil topganining avvalgi yillari bu mintaqani maxsus organgan rus tadqiqotchilari shunday xulosaga kelgan va bu xulosalarni qaror qabul qiladigan idoralarga yetkazgan. Ammo shunga qaramay baribir milliy davlatlar tashkil etilgan",–deydi suhbatdoshimiz.

Tahlilchining fikricha, bugungi kunda ham mintaqadagi mojarolarga atay milliy yoki etnik tus berilmoqda.

Nizoshunos Parviz Mullojonovning fikricha, Fargona vodiysida kelgusida ehtimoliy yuz berishi mumkin bolgan mojarolar milliy, diniy, chegaralararo yoki boshqa shaklda bolishi va qanday tus olishiga qaramay, ularning asosiy xarakteri ijtimoiy-iqtisodiy boladi.

"Shu paytgacha atrofimizda ancha qulay geosiyosiy sharoitlarning mavjudligi barqarorligimizni taminlar edi. Afgonistonda nisbatan tinchlik, u tomondan hech qanday tahdid yoq edi va shu bilan birga Rossiyada faol ravishda kengayib borayotgan mehnat bozori mavjud edi",–deydi Mullojonov.

Tojikiston-Qirg'iziston chegara muammosi qachon hal bo'ladi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:11 0:00

Tahlilchining fikricha, Afgonistondagi yangi voqeiylik va Rossiya-Ukraina jangi Markaziy Osiyoga oz tasirini korsatmay qolmaydi. Bu tasir mintaqaning eng zaif yoki aholisi eng zich joylashgan Fargona vodiysida tezda korinish berishi mumkin. Chunki bu mintaqada aholi jon boshiga tabiiy resurslar zaxirasi juda kam togri keladi va hatto kun kechirish uchun ham yetmaydi.

Oxirgi paytlar tahlilchi va kuzatuvchilar Markaziy Osiyo mintaqasiga bogliq geosiyosiy rejalar katta ehtimol bilan ozgarayotganligi haqida gapirishmoqda. Buning oqibatida Fargona vodiysida nizolar qozgalishi mumkinligi bashorat qilinmoqda. Bazilar bu nizolarning xarakteri ijtimoiy-iqtisodiy bolishini ham takidlashmoqda. Ammo nizolar, agar qozgalsa, etnik, diniy, chegaraoldi yoki boshqacha tus olishi haqida aniq fikrlar yoq. Bunday nizolar qozgalishida katta ehtimol bilan tashqi manfaatdor kuchlarning tasiri bolishi haqida ham aytishmoqda. Yana ham aniqroq aytadigan bolsak, tahlilchi va kuzatuvchilar tashqi kuchlar ichki muammolarni olovlanishiga yordam berishlari mumkinligidan ogohlantirishmoqda.

Muzaffar Olimov fikricha, Fargona vodiysida diniy omillar asosida mojaro qozgalmaydi.

"Bazi hamkorlarimiz mintaqada nizolarning asosiy sababi sifatida islom dinini korsatishganida hayratlanaman. Fargona vodiysida diniy etiqod, islom ortidan mojarolar kelib chiqadi, deyish, jiddiy emas. Fargona vodiysidagi mahalliy musulmonlar Tolibonni qollab-quvvatlaydi, degan fikr juda zauf va asossiz. Islom tasirini salbiy manoda borttirib korsatish real emas. Muning fikrimcha, islomdan, aksincha, barqarorlashtirish uchun foydalanish kerak",–deydi Olimov.

Falsafa fanlari nomzodi, jamiyatshunos olim Ravshan Usanov fikricha, Fargona vodiysida har qanday mojarolarning oldini olish uchun mavjud imkoniyatlardan unumli va togri foydalanish kerak.

"Haqiqatdan ham Fargona vodiysida aholi juda zich yashaydi. Tabiiy resurslar esa, kam. Shunday holatda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish kerak. Aks holda mojarolar qozgalishi, tabiiy. Malumki, har uch davlatda ham kadrlar yetishtirish boyicha Fargona vodiysi viloyatlari yetakchilik qilib keladi. Bu mintaqada zehniy potensial Tojikistonda ham, Qirgizistonda va Ozbekistonda ham boshqa hudularga nisbatan juda yuqori. Ana shu potensialdan samarali foydalanish kerak. Yaxshi mutaxassislar tayyorlab, xorijga ham yuborish kerak. Bu vodiydagi mavjud imkoniyatlardan biri. Zarur bolsa ona shunday kuchli jihatlarni topish kerak. Faqatgina shu yol bilan inqirozni oldini olish mumkin, deb oylayman",–deydi Usanov.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG