Breaking News

Markaziy Osiyoning so‘nggi chegara bahsi qachon hal bo’ladi?


Tojikiston-Qirg'iziston chegarasi
Tojikiston-Qirg'iziston chegarasi

Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishganiga 30 yildan oshganiga qaramay, mintaqadagi eng ogriqli muammolardan biri davlatlararo bahsli chegara masalasi bolib kelmoqda. Chegaraoldi bahslari davlatlararo siyosiy munosabatlarga tasir etib, mintaqada otgan asrning 90- yillarida boshlangan integratsiya jarayonining falajlashishiga olib keldi. Xususan, Ozbekiston, Tojikiston va Qirgizistonning bahsli hududlari kesishgan Fargona vodiysi mintaqadagi eng murakkab hududi hisoblanib kelgan.

2018-yil ozbek-tojik va joriy yil boshida ozbek-qirgiz chegara bahslari uzil-kesil hal qilindi. Mintaqadagi eng bahsli va qurolli toqnashuvlarga sabab bolib kelayotgan tojik-qirgiz chegarasichi?

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bishkekka safari paytida Ozbekiston va Qirgiziston orasidagi chegaraning bahsli hududlari togrisida shartnoma imzolangani rasmiy Toshkent tomonidan tarixiy voqea sifatida taqdim etildi.

«Chegarani delimitatsiya qilish masalari toliq tartibga solingani ikki tomonlama hamkorlik va hududlararo almashinuvlar rivojida muhim orin tutadi, mintaqamizda barqarorlik va xavfsizlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi»,–deya takidladi Prezident Mirziyoyev.

Mustaqil tahlilchilar fikricha, Ozbekiston va Qirgiziston orasida davlat chegarasi va strategik hamkorlik masalasida erishilgan kelishuvlar, shubhasiz, mintaqaviy ahamiyatga ega.

«Ozbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlar bilan chegaradosh bolgan yagona davlatdir. Bugungi kunda Ozbekiston barcha qoshnilari bilan chegara masalasini uzil-kesil hal qildi. Bu esa Ozbekiston uchun Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish yolida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda»,–deydi tojikistonlik siyosatshunos Sherali Rizoyon.

Tojikistonlik siyosatshunos Sherali Rizoyon
Tojikistonlik siyosatshunos Sherali Rizoyon

Siyosatshunos Mirziyoyevning 2022-yilning tortinchi choragida Qirgizistonga tashrifi turli sabablar, xususan, tashqi omillar tufayli, ikki marta qoldirilganiga qaramay, 2023-yilning boshida amalga oshganligiga etibor qaratar ekan, «chegara muammosini hal etishda siyosiy iroda namoyon etildi», deya takidladi.

Tahlilchi Qirgiziston Prezidenti Japarov ham saylovoldi vadalaridan birini bajarganligini aytadi.

«Bugungi fakt Qirgiziston rahbariyatining barcha qoshnilari bilan chegara masalasini hal etishni maqsad qilganidan dalolat beradi. Endi tojik-qirgiz chegarasi masalasini ham yakunlab, uzil-kesil hal qilish kerak»,– deydi Rizoyon.

Ammo rossiyalik ekspert Arkadiy Dubnov tojik-qirgiz davlat chegarasi muammosini "mintaqada katta xavotir uygotadigan" deya baholar ekan, uning hal etilishida optimist bola olmasligini aytdi.

"Ayni shu masalada optimist bola olmayman. Oz pozitsiyamni bir necha marta bildirganman ham. Nazarimda, toki Dushanbeda mamlakatdagi va chegaradagi barcha jarayonlarni Millat yetakchisi janob Emomali Rahmon boshqarar ekan, Qirgiziston bilan chegara boyicha ikkala tomonni ham qoniqtiradigan qaror hali-beri qabul qilinmaydi. Songgi paytlarda men Dushanbe oz pozitsiyasini oqlash maqsadida namoyish etayotgan hujjatlarga yana bir bor koz yugurtirdim, biroq ushbu muammoni konstruktiv va murosa yosinida hal etishga intilishni kormadim. Afsuski, voqelik shunday, mojaro yaqin orada bartaraf boladi, deb oylamayman",–dedi Arkadiy Dubnov “Hozirgi vaqt” telekanaliga bergan suhbatida.

Mahalliy kuzatuvchilar fikricha, Rossiya Qirg’iziston va Tojikiston o’rtasidagi chegara mojarosining tez va tinch yo’l bilan hal bo’lishidan manfaatdor bo’lmasligi mumkin.

Vashington choyxonasi: tojik-qirg'iz mojarosi qachon barham topadi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:19:04 0:00

Bugungi voqealar Fargona vodiysida davlat chegaralarini tartibga solish boyicha yana bir holatni keltirib chiqardi. Avvalroq, Tojikiston va Ozbekiston ushbu murakkab mintaqada davlat chegaralari muammosini hal qilishgan va Fargona vodiysi haqida yaratilgan qorquv va afsonalarning aksariyati notogri bolib chiqqan edi. Shunday qilib, Fargona vodiysida ikkita holat paydo boldi: chegara muammosini hal qilishda tojik-ozbek va ozbek-qirgiz tajribasi. Umid qilamizki, tez orada uchinchi holat paydo boladi: Tojikiston-Qirgiziston, bu, umuman olganda, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va uning institutsionallashuviga ijobiy tasir korsatadi”,—deydi tojikistonlik siyosatshunos Sherali Rizoyon.

Sugd viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda 2023-yil boshidan Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boyicha hukumatlararo komissiya oz faoliyatini tiklagani va faol ish olib borayotganini malum qildi.

Delimitatsiya va demarkatsiya boyicha davlat komissiyasi oz faoliyatini yanada kuchaytirdi. Hozirgacha chegaraning 600 kilometrdan ortigi aniqlangan”, – dedi Ahmadzoda 2023-yilning 3-fevral kuni bo’lib o’tgan matbuot anjumani chogida.

Qirgiziston Tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev ham joriy yil yanvar oyi oxirida Birinchi radio” efirida chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish boyicha hukumatlararo komissiya ishidagi ijobiy ozgarishlarni malum qildi.

Uning sozlariga kora, Qirgiziston va Tojikiston ortasidagi chegara muammosini hal qilishda ijobiy dinamika 2022-yil oxirida boshlangan.

Juda uzoq vaqt davomida yopiq muzokaralar olib borildi. Hozir vaziyat biroz yaxshilanmoqda. Tojikiston tomonidan ham, biz tomondan ham chegara boyicha muzokaralarni tugatishimiz kerakligi haqida ozaro tushunish mavjud. Oylaymanki, bu yil biz bu masalani yanada faolroq davom ettiramiz”,–dedi Kulubayev.

Ishonchim komilki, komissiya oz faoliyatini davom ettiradi va bu muammoni amaldagi norma va qonunlar doirasida bosqichma-bosqich hal qiladi... Chegara qoshinlari qomondonlari ortasida chegaraga aralashmaslik kerak bolgan ish rejasi imzolandi. Kelgusida chegara yaqinida harbiy mashgulotlar otkazilmaydi va bugun uchadigan har qanday dronlar butunlay taqiqlanadi. Biz shu kelishuvga keldik»,–deya takidladi matbuot anjumanida Sugd viloyati raisi Ahmadzoda.

Rasmiy malumotlarga kora, Tojikiston va Qirgiziston ortasidagi chegara uzunligi 972 kilometr bolib, shundan 682 kilometri joriy yilning yanvar oyi oxirigacha aniqlangan. Qolgan 290 kilometrda ish olib borilmoqda.

Biroq Ahmadzoda ham, Kulubayev ham chegara qaysi mezonlar asosida belgilanayotgani yoki kelgusida belgilanishini aniq aytmadi. Malumki, tojik-qirgiz chegarasining asosiy muammolaridan biri bu rasmiy chegara bilan voqeiy chegara ortasida katta tafovut mavjudligidadir.

2022-yilning 23-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasida Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin chegaralarni belgilovchi rasmiy hujjatlarga kora, bugungi kunda Tojikiston qonuniy hududining 211 ming gektar yer uchastkalari Qirgiziston davlati ixtiyorida ekanligini iddao qilgan edi.

Bugungi kunda bu yerlar bahsli hududlar qatorida bolib, Tojikistonning Bobojon Gafurov tumani hududida (asosan, Xistevarz mahallasi hududida) 84 ming gektar, Togli Mastchoh tumanida (Andarak ormon mintaqasi) 66 ming gektar, Isfara hududi (Surx, Lakkon, Chilgazi, Shahrak, Chorkuh va Vorux jamoalarida) 61 ming gektarga togri keladi. Shuningdek, Sogd viloyatining Jabbor Rasulov va Spitamen tumanlarida ham shunday yerlar mavjud. Bu hududlarda chegara toliq harbiylar nazorati ostida bolib, songgi yillarda Isfara va Bobojon Gafurov mintaqalarining chegara qishloqlarida harbiy toqnashuvlar kuzatilgan; yuzlab odamlar, harbiylar va mahalliy aholi vakillari halok bolgan.

Ayni paytda ikki davlat ortasidagi axborot urushlari ham oxirgi yillar kuchayib keldi. 2022-yilning 20-sentabrda, yani Tojikiston tashqi ishlar vaziri chiqishidan uch kun oldin, aynan BMT minbaridan Qirgiziston Prezidenti Sadir Japarov ham chiqish qilib, Tojikistonni tajovuzkor deb atagan edi.

Qirgizistonlik siyosatshunosga kora, chegaradagi qonli toqnashuvlardan song muzokaralar jarayoni va umuman, chegarani belgilashning butun jarayoni malum bir turgunlik bosqichiga kirib qolgan.

"Ikki tomon axborot – malumotni bir-biriga qarama-qarshi yoritayotgani galati. Bunday holat, nazarimda, juda yomon hodisa, chunki shu yol bilan biz oziga xos «Potemkin qishlogi»ga, axborot boshligiga kirib qolamiz”, – deya takidlaydi qirgizistonlik siyosatshunos Emil Jorayev “Caa-network” saytiga bergan suhbatida.

Tojikistonlik ekspertning fikricha, Dushanbe va Bishkek chegara masalasini diplomatiya va rasmiy hujjatlar asosida muzokaralar yoli bilan hal qilishi kerak.

Tojikistonlik ekspert Abdullohi Rahnamo
Tojikistonlik ekspert Abdullohi Rahnamo

Tojik-qirgiz chegara muammosini hal qilish uchun siyosiy iroda bilan birga hujjatlarga tayanib ish korish kerak. Hujjatlarda hamma narsa aniq. Chegaralarning haqiqiy holatini rasmiy holatga tenglashtirish uchun chegaralarda ozgarishlar bolishi kerak. Ammo shu ish qilinmasa, bu bahslar hal bolmaydi. Chunki hujjat muzokara mavzusi, predmeti, suhbat chegarasini korsata oladigan yagona manbadir. Hujjatlarga tayanmasak, har bir tomon u yoki bu mintaqa bizdan bolgan deb davo qilishi mumkin. Chunki bu mintaqa juda murakkab. Qirgiz va tojik xalqlari, umuman, mintaqadagi barcha xalqlar asrlar davomida yaqin munosabatlarda yashab kelgan. Agar tarix, madaniyat, sivilizatsiya yoki boshqa xususiyatlarga asoslansak, har bir mintaqa uchun davo qilish mumkin… Shuning uchun chegara masalasida tarixiy, siyosiy, madaniy davolaridan foydalanishimiz qiyin”,– deydi tojikistonlik ekspert Abdullohi Rahnamo.

Qirgizistonlik siyosatshunos Emil Jorayev fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgan davrda davlat chegaralari muammolarini hal qilish ancha oson kechgan bolar edi.

«Dastlab, Sovet Ittifoqi parchalangan 1991-yilda, afsuski, huquqiy tilda yozilmagan, ammo hozir mustaqil bolgan respublikalar ortasidagi chegara davlatlararo chegara sifatida qabul qilinadi, degan tushuncha mavjud edi. Tomonlar osha paytda bu masalani uzil-kesil hal qilishlari lozim edi. Albatta, endi turli yillardagi turli xaritalarni asos qilib olish mantiqan ham togri emas. Tojikiston bundan yuz yil oldingi xaritalarga tayanish kerakligini aytadi, Qirgiziston keyinroq tuzilgan xaritalardan foydalanmoqchi. Ekspertlar orasida, ajdodiy yerlar degan tushuncha xalqaro amaliyotda davlat munosabatlarida uchramaydi, degan fikr bor»,– deydi qirgizistonlik siyosatshunos Emil Jorayev.

Xalqaro ekspertlar fikriga kora, davlatlararo chegaralarni belgilashning bir nechta yollari bolib, eng qulayi tabiiy chegaralar. Yani, ikki davlat chegarasi tog, daryo kabi tabiiy chiziqlar bilan mos kelishi. Ammo Tojikiston va Qirgiziston chegarasining murakkabligi shundaki, bu chegaraning bir qismi aholi punktlari orqali otadi. Shuningdek, Tojikiston va Qirgiziston fuqarolarining uylari shaxmat tartibida joylashgan mintaqalar ham mavjud.

Tojik-qirg'iz chegarasi: ixtiloflar hal bo'ldimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:58 0:00

Dushanbelik ekspertga kora, tomonlar siyosiy iroda bilan birga, qonuniy tasdiqlangan hujjatlarga asoslanib ish korishsa, chegara muammosi hal boladi.

Asosiy tayanch – bu chegarani belgilab bergan va respublikalar hamda sobiq Sovet Ittifoqi darajasida rasman tasdiqlangan hujjatlar. U yerda hammasi aniq belgilangan. Men ishonamanki, agar shu hujjatlarga tayanib ish korilsa, tegishli qarorga kelishadi va kelishiladi”,–deydi tojik eksperti Abdullo Rahnamo.

Tilga olingan bu hujjatlar 20-asrning yigirmanchi, ottizinchi yillarida qabul qilingani va oradan 90-100 yildan ortiq vaqt otganligi sababli bu orada mintaqalarda koplab ozgarishlar roy bergan. Bugungi kunda rasmiy chegara haqiqiy chegaradan tubdan farq qiladi. Shu bois, bevosita bahsli mintaqada yashaydigan jurnalist va chegara masalasi tahlilchisi Nematullo Mirsaidov fikricha, chegara masalasini uzil-kesil hal qilish uchun tomonlar bir-biriga yon berishi kerak boladi.

Jurnalist va chegara ixtiloflari bo'yicha tahlilchi Ne’matullo Mirsaidov
Jurnalist va chegara ixtiloflari bo'yicha tahlilchi Ne’matullo Mirsaidov

"Tomonlar chegara masalalarini hal qilish mezonlarini belgilashi kerak. Bu masalada hali ham yagona kelishuv yoq. Balki, chegarada yuz bergan ikki qonli voqeadan song tomonlar bu masalalarni urush, kuch ishlatish yoli bilan hal qilib bolmasligini nihoyat his qilgan, tushungandir. Urush, bu hamisha qon tokish, bu tartibsizlik, bu vandalizm, bu qochqinlar!.. Shuning uchun urush, shiddatli urush boshlansa, bu Tojikiston va Qirgiziston ortasidagi urush bolmasligini yodda tutish kerak. Bunday toqnashuvlarni geosiyosiy jihatdan kutayotgan kuchlar bor. Shuning uchun ham tinchlik, xavfsizlik, muzokaralarga muqobil yol yoq. Garchi tomonlarning oz talablari, oz pozitsiyasi bor, muammo oz manfaatidan kelib chiqib hal qilinishini istaydi. Lekin bir-biriga yon berish kerak. Zarur bolsa, ayrim manfaatlardan voz kechish, murosa qilish kerak. Muammolarni adolat yuzasidan hal qilish kerak. Muzokaralar qayta jonlangani ham tomonlar bir-biriga yon berayotganligining natijasi, deb bilaman. Har ikki tomon ham yon berayotganiga ishonaman", – deydi Mirsaidov.

Ba’zi tahlilchilar orasida Markaziy Osiyo davlatlari birlashsa, bu kabi hududiy muammolar, jumladan, davlatlararo chegaralar ham oz-ozidan hal boladi, degan fikr bor. Ammo, tojik siyosatshunosi Parviz Mullojonovga kora, integratsiya oz-ozidan chegara muammosini hal qilmaydi”.

Agar Isfara-Botken mojarosi haqida gapiradigan bolsak, Sovet davrida 1975-76-yillarda yer nizolari bolgan va 1989-yilda katta mojaro bolgan. Demak, bu mutlaqo davo emas”,–deydi Mullojonov.

Siyosatshunos Sherali Rizoyonga kora, Tojikiston-Qirgiziston chegarasi muammosini siyosiy va diplomatik yondashuvlardan foydalangan holda yopish mintaqadagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi va Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonini tezlashtirishi mumkin

Markaziy Osiyodagi chegaralar omili va songgi yillarda davlatlar ortasidagi munosabatlar mintaqalararo tahdidlar manbai bolib kelmoqda. 2030-yilgacha Markaziy Osiyo uchun yaqin mintaqaviy hamkorliksiz ularni minimallashtirish mumkin bolmagan qator muammolar paydo bolmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaning suv-energetika resurslaridan oz taraqqiyoti yolida ozaro manfaatli foydalanishda 20 yil kechikdi, qoshma gidroqurilmalarni ishga tushirish uchun kamida 10 yilni yoqotdi. Iqlim kun tartibi va muzliklarning erishi natijasida Markaziy Osiyoda suv zahiralarining qisqarishi fonida bu muammolar yanada yaqqolroq sezila boshlaydi… Agar 2023-yil sentabrigacha Tojikiston va Qirgiziston chegara muammosini hal qilishda muvaffaqiyatga erisha olsa, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Dushanbe shahrida bolib otadigan beshinchi maslahat uchrashuvi, albatta, tarixiy ahamiyatga ega boladi. Mintaqa davlatlari mintaqa ichidagi tahdidlarning muammoli manbalaridan birini minimallashtirib, shu tariqa Markaziy Osiyo davlatlari ortasidagi hamkorlikni institutsionallashtirishga yol ochiladi”,–deydi Rizoyon.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG