Tojikistonda qo‘poruvchilik harakati rejalashtirgan ikki nafar shaxs zararsizlantirilgan. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra, 2023-yil 26-aprel kuni xalqaro terroristik tashkilotning ikki a’zosi Afg‘oniston hududidan Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida davlat chegarasi chizig‘ini noqonuniy kesib o‘tgan.
Vazirlik xabarida keltirilishicha, ularning “maqsadi Tojikiston hududida terrorchilik harakati sodir etish bo‘lgan”. Shaxslarning kimligi, ular qanday terrorchilik tashkilotiga a’zo bo’lgani aytilmagan.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi “chegarani buzish va terrorizmga oid ushbu noqonuniy xatti-harakatdan chuqur xavotirda” ekanini, mamlakat har qanday hujumni qaytarish qudratiga ega ekanini bildiradi.
Facebook Forum