Breaking News

2022-yil Tojikistonda sakkiz jurnalist qamaldi


Gazetalar sotiluvchi do'kon, Xo'jand, Tojikiston
Gazetalar sotiluvchi do'kon, Xo'jand, Tojikiston

3-may – Xalqaro soz erkinligi kuni munosabati bilan bir qator xalqaro tashkilotlar dunyo boyicha soz erkinligining yangi reytingini elon qildi. Unda oxirgi yillar Rossiya, Belarus davlatlari qatorida Markaziy Osiyo davlatlaridan Tojikiston va Qirgizistonda ham soz erkinligi holati sezilarli darajada yomonlashgani qayd etilgan.

2022-yil Tojikistonda jurnalist va blogerlarni ozodlikdan mahrum qilishda antirekord ornatilgan. Sakkiz nafar jurnalistga nisbatan jinoiy ish ochilib, ularning barchasi aybdor, deb topildi va 7 yildan 21 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.

Jurnalist va fuqarolik jamiyati faoli Rajab Mirzoning aytishicha, Tojikiston davlati tarixida biror yil bu qadar kop – sakkiz nafar jurnalist yoki bloger ozodlikdan mahrum etilmagan edi. Hatto mamlakatda besh yil (1992 - 1997 yillar) davom etgan fuqarolik urushi yillarida ham.

Tojikistonlik jurnalistlarning aytishicha, mamlakatda soz erkinligi 2014-yildan boshlab sezilarli darajada cheklana boshlagan. Bu mamlakatda yuzaga kelgan siyosiyo vaziyat – amaldagi hukumat va muxolifat orasidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi bilan izohlanadi. 2015-yilda Tojikiston Oliy sudi tomonidan muxolif partiya – Islom uygonish partiyasi ekstremistik va terroristik tashkilot, deb topildi va faoliyati taqiqlandi. Ammo soz erkinligi bilan bogliq vaziyat qayta onglanmadi. Lekin osha yillarda ham bu qadar kop jurnalistlar ozodlikdan mahrum etilmagan edi.

2022-yil davomida jurnalist va blogerlar Daler Imomaliy – 10 yilga, Abdullo Gurbatiy – 7,5 yilga, Zavqiddin Saydaminiy – 7 yilga, Abdusattor Pirmuhammadzoda – 7 yilga, Muhammad Sulton – 7 yilga, Ulfatxonum Mahmadshoyeva – 21 yilga, Komron Mirzoyev – 10 yilga va Xushruz Jumayev – 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Barcha jurnalistlarning sud jarayoni yopiq eshiklar ortida otganligi sababli tafsilotlar malum emas.

Hibsga olingan jurnalistlarning aksariyatiga Tojikiston Jinoyat kodeksining Konstitutsion tuzumni kuch bilan ajdarishga ommaviy davat, ekstremistik va terroristik tashkilotlarga azolik yoki ular bilan hamkorlik qilish kabi ayblovlar qoyilgan.

Inson huquqlari yoki jurnalistlarni himoya qiladigan bir qator xalqaro tashkilotlar va Tojikiston ichkarisidagi jamoatchilik faollari ham hibsga olingan jurnalistlarni ozod qilishni sorab mamlakat hukumatiga qayta-qayta murojaat qilishdi. Ammo bu murojaatlar biror natija bermadi. Aksincha, jurnalistlarni hibsga olish 2023-yilda ham davom etmoqda.

Shu yilning 6-mart kuni 38 yoshli mustaqil jurnalist va jamoat faoli Xurshed Fozilov davlat xavfsizlik xizmati tomonidan hibsga olingan va keyinroq unga nisbatan Tojikiston Jinoyat kodeksining 307-moddasi – «Konstitutsion tuzumni kuch bilan agdarishga ommaviy davat» boyicha jinoiy ish ochilgan. Jurnalist Jinoyat kodeksining mazkur moddasi bilan aybdor topilsa, 3 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Jurnalistning advokati Dilafruz Samadovaning aytishicha, «Xurshed (Fozilov) davlat hokimiyatiga qarshi ish olib bormagan, uning barcha faoliyati amaldagi qonunlar va davlat siyosati doirasida bolgan». Hozircha hukumat organlari Fozilov ishi tafsilotlarini jamoatchilikka ochiqlagani yoq.

Tojikistonda matbuot erkinligi bilan bog'liq ahvol og'ir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:45 0:00

Shu yilning 24-mart kuni «Ozodlik» radiosi tojik xizmatining sobiq xodimi Rustami Joniga nisbatan ham jinoiy ish ochilgani malum boldi. Dushanbe shahri Sino tumani militsiya bolimi tergovchisi Abdulhakim Shafiyevning aytishicha, Rustami Joniga nisbatan jinoiy ish ochilib, qidiruv elon qilingan va Interpolga uni qolga olib, Tojikistonga qaytarish boyicha rasmiy murojaat yollangan. Malumotlarga kora, hozirda Chexiyaning Praga shahrida yashayotgan jurnalist Rustami Joniga nisbatan Tojikiston Jinoyat kodeksining 307-moddasi – internet tarmoqlari yoki ommaviy axborot vositasida kuch bilan konstitutsion tuzumni agdarishga ommaviy chaqirish boyicha jinoiy ish ochilgan.

Jurnalistlarni himoya qilish qomitasining (CPJ) Yevropa va Markaziy Osiyo dasturi koordinatori Gulnoza Saidning fikricha, Tojikistonda jurnalistlarning ozodlikdan mahrum qilinishi mamlakatda faoliyati taqiqlangan muxolif partiya – Islom uygonish partiyasi bilan bogliq.

«Markaziy Osiyoning beshta mamlakatida ham vaziyat yaxshi emas. Songgi paytlarda eng jiddiy yomonlashish, taqriban oxirgi 10 oy ichida Tojikistonda yuz berdi. Bugungi kunda kamida yetti jurnalist ozining jurnalistik faoliyati uchun qamoqda otiribdi. Ularning bir nechtasi Togli Badaxshon Muxtor viloyatidan va terrorizm yoki ekstremizmda aylangan. Bu Tojikistonda nimani anglatadi? Ular yo muxolifat guruhlari bilan yaqin bolgan yoki ular bilan qandaydir aloqada bolgan yoki muxolifatga tegishli OAVda ishlagan. Tojikiston hukumati esa u guruhlarni terrorist, deb biladi”, deydi Gulnoza Said.

Ammo Tojikistonda faoliyati taqiqlanishi ortidan xorijda amal qilayotgan Islom uygonish partiyasi masullari 2022-yilda hibsga olingan jurnalistlar bilan hamkorligini rad etib kelmoqda. Sud jarayonlari yopiq eshiklar ortida otganligi sababli jurnalistlar ishi tafsilotlari malum emas.

Tojikiston Mustaqil ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi Nuriddin Qarshiboyevning aytishicha, jurnalistlar haqiqatdan ham aybdor bolsa, tegishli davlat organlari tafsilotlarni jamoatchilikka ochiqlashi kerak.

"Bu davlat tuzilmalarining jamoatchilik fikrini nazorat ostiga olishga urinishlarining davomi. Oylaymanki, huquq-tartibot idoralari bu xatti-harakatlari bilan jamoatchilik fikrini nazorat ostiga olishga harakat qilmoqda. Biroq ularning bu harakatlari dunyo hamjamiyatining teskari munosabatiga sabab bolmoqda", – deydi Nuriddin Qarshiboyev.

Uning qo’shimcha qilishicha, erkin matbuotning ahamiyati jamiyatda alternativ fikrlarni yoritishdan iborat. Shuning uchun ham jamoatchilik fikrini nazorat qilish, alternativ fikrlarni yoq qilishga urinmaslik, aksincha, ulardan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yolida samarali foydalanish kerak, - deydi u.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG