Breaking News

Internet va ijtimoiy tarmoqlar Markaziy Osiyoni qanchalik oldinga yetakladi?


Qirg''izistonda hukumatdan norozi ekanini aytib, namoyishga chiqqan fuqaro, Bishkek, 7-oktabr, 2020. Odamlar ijtimoiy tarmoqlarda faol ekani tuzumlarni xalq dardiga quloq solishga majbur qilayaptimi?
Qirg''izistonda hukumatdan norozi ekanini aytib, namoyishga chiqqan fuqaro, Bishkek, 7-oktabr, 2020. Odamlar ijtimoiy tarmoqlarda faol ekani tuzumlarni xalq dardiga quloq solishga majbur qilayaptimi?

Axborot texnologiyalari rivoji, internetga ulanish, global tarmoqlarga a'zo bo'lib, fikr bildira olish imkoniyati, shuningdek, ma'lumot ulashib, qarashlarni targ'ib qilish Markaziy Osiyoning har bir jamiyatini o'ziga va dunyoga ocha boshladi.

Har daqiqa mintaqadan millionlab odamlar "YouTube", "Instagram", "Facebook", 'Twittter", "Telegram" va boshqa platformalarda video va suratlarni tomosha qilish, postlarni o'qish va o'zi ham ularni bo'lishish bilan band.

Biroq ilg'or texnologiya hukumatlarning ham nazorat salohiyatini kuchaytirgan. Ya'ni, deydi mutaxassislar, yangidan-yangi kommunikatsiya tizimlari har bir tomon manfaatlari uchun xizmat qilishi mumkin.

Omma ijtimoiy tarmoqlarda faol ekani tuzumlarni xalq dardiga quloq solishga majbur qilayaptimi? Kimdan so'rashingizga bog'liq. Hukumatlar ijtimoiy tarmoqlardagi gap-so'zga befarq emasligini bildiradi. Platformalar egri maqsadlarda ham qo'llaniladi, deydi rasmiylar. Fuqarolar buni inkor etmaydi. Bir tomondan ular tarmoqlarda yozganlari yoki aytganlari shaxsiy fikr ekanini da'vo qiladi, boshqa tomondan esa muammolar ko'tarilganida mutasaddilar ahamiyat qaratishini istaydi.

Tojiikistonda xotin-qizlar hayotini o'rgangan yevropalik olima Jasmin Dall-Agnola aniqlashicha, Instagram bu mamlakatda eng nozik masalalarni ifoda etishda qo'l kelib, ayollar salomatligi va taqdiri, ular yuzlashadigan ijtimoiy-siyosiy to'siqlarni muhokamaga olib chiqqan.

"Minglab ayollar o'z hayotiy qissalari, muammo va yutuqlarini o'z tilida bo'lishib, jamiyatni ogoh bo'lishga undamoqda", - deydi mutaxassis.

"Afsuski, qishloq aholisi hamon internetga ulanmagan. Asosan shaharlarda yashaydiganlar global tarmoqda. Bu esa eng qiynalayotgan qatlamlar hamon e'tibordan va imkoniyatlardan uzoq ekanini anglatadi".

Har bir hukumatga ko'ra, internet tizimlari tobora keng qanot yozmoqda. Biroq amaliyotda, deydi ekspertlar, hatto Qozog'iston kabi iqtisodi qo'shnilarga qaraganda nisbatan baquvvatroq davlatda ham yoki O'zbekiston kabi eng yirik jamiyatda ham global tarmoqlarga kirish uchun moliyaviy salohiyat past, texnik taraqqiyot sust.

AQSh poytaxtidagi Jorj Vashington universiteti forumida so'zlagan tadqiqotchilar xulosa qilishicha, bugun mintaqa global dunyoga misli ko'rilmagan darajada bog'langan, ammo ulanish boshqaruv tabiatini deyarli o'zgartirmagan. Ya'ni, Markaziy Osiyo bo'ylab hukumatlar hamon avtoritar - yakkahokimlikka asoslangan. Demokratik, adolatli, erkin tanlov va saylov hamon orzu.

Germaniyaning Bamberg universitetidan olima Marija Jir-Lebed Qozog'istonda rus tilida gaplashadigan odamlarning global tarmoqda qanchalik faol ekani yuzasidan izlangan. Uning kuzatishicha, Instagram - eng keng tarqalgan platforma va odamlar uni ko'proq o'z shaxsiy manfaatlari uchun qo'llaydi.

"Mahalliy manzara, mahalliy voqealar, mahalliy dinamika aks etadigan postlar", - deydi Jir-Lebed. "Ijtimoiy-madaniy tadbirlar ham keng yoritiladi".

Oksford Bruks universiteti tadqiqotchisi Jasmin Dall’Agnola Tojikiston xotin-qizlari Instagramda qanchalik faol ekanini o'rgangan. Ayollarning bir-biri bilan bog'lanishida, ularning muammolariga e'tibor qaratilishida bu platforma muhim rol o'ynamoqda, deydi u.
Oksford Bruks universiteti tadqiqotchisi Jasmin Dall’Agnola Tojikiston xotin-qizlari Instagramda qanchalik faol ekanini o'rgangan. Ayollarning bir-biri bilan bog'lanishida, ularning muammolariga e'tibor qaratilishida bu platforma muhim rol o'ynamoqda, deydi u.

Olima tahlilicha, Instagram va boshqa tarmoqlarda jamoatchilik avvalo axborot manbalaridir. Yangiliklarni video va suratlardan bilasiz, deydi u, yozma kontent u qadar e'tiborda emas. Biroq, deydi Jir-Lebed, tarnoqlarda mahalliy muammolarga ahamiyat qaratish osonroq va samaraliroq.

Ekspert o'rganishicha, ruslar Qozog'istonda ko'p hollarda siyosiy masalalardan qochadi, bu borada fikr bildirishdan chekinadi. Jir-Lebed boshqa guruhlar orasida tadqiqot olib bormagan.

"Qozog'istonda ruslar "ruslar" deb tamg'alanishga shu qadar o'rganib ketganki, shu zaminda tug'ilib yashayotgan bo'lsa-da, o'zlarini jamiyatdagi aksariyat odamlarga begona deb biladi. Men bilan gaplashganlar Qozog'istonni vatan deb hisoblaydi, uni ardoqlaydi", - deydi olima.

Qator manbalarga ko'ra, Markaziy Osiyoda internetga bog'lanishda Turkmaniston eng qoloq mamlakat. Tojikistonda ham bu borada rivojlanish juda sekin. 10 millionga yaqin aholining uzog'i bilan beshdan bir qismi global tarmoqlarga kira oladi.

Qariyb 80 million odam yashaydigan mintaqada, Jahon banki hisobicha, aholining yarmi internetdan uzoq. Buning ustiga, aloqa sifati qoniqarli emas.

BMT 2020-yilda, pandemiya boshlangan davrda bu masalani o'rganganida, Qozog'istonda internetga ulanish 79 foiz, O'zbekistonda 55 foiz, Qirg'izistonda esa 38 foiz ekanini aniqlagan. Tezlik Qirg'izistonda eng yuqori, Turkmanistonda esa eng past bo'lgan.

2021-yildagi tadqiqotlar internet Qozog'iston va Qirg'izistonda eng oson va arzon ekanini ko'rsatgan. 1 gigabayt data bu mamlakatlarda o'rtacha 1 dollarni tashkil etgan. O'zbekistonda esa 2 dollar, Tojikistonda 4,4 dollar, Turkmanistonda esa 13,5 dollar.

Global tarmoqqa aksariyat odamlar mobil texnologiyalar orqali kiradi, kompyuterlar emas, deya urg'u beradi mutaxassislar. Provayderlar asosan Rossiyadan yoki u bilan bog'liq bizneslar. Bu sohada hukumatlarning ulushi ham salmoqli.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG