O'zbekistonda parlament va mahalliy kengashlarga intilayotgan partiyalar xavfsizlik va erkinlikni birdek ta'minlash borasida qanday g'oyalarni olg'a surmoqda? Qiynoqlarning oldini olish, huquqbuzarlik hollarini kamaytirish uchun qanday takliflari bor? Toshkent, 18-dekabr, 2019.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a'zosi va "Milliy Tiklanish" partiyasi lideri Alisher Qodirov bilan yuzma-yuz: Partiya o'zini kim deb biladi? Uning saylovoldi tashabbuslariga nega jiddiy qarashimiz kerak? Partiyalar O'zbekistonda hamon xo'jako'rsingami? Parlament bugun nima qodir? Prezident Mirziyoyevning saylovdagi va hokimiyatdagi rolini Alisher Qodirov qanday ko'radi? Tashqi siyosat, O'zbekiston ayni damda yuzlashayotgan dolzarb masalalar xususida "Milliy Tiklanish" qanday pozitsiyada?
O'zbekiston Liberal-demokratlar partiyasi (O'zLiDep) lideri Aktam Haitov, tarafdorlari nazarida, xalq ichidan chiqqan, uning dardini biladigan arbob. Maqsad aholiga xizmat qilish, deydi u, muammolarga konkret yechimlar bor. Uni balandparvoz gaplarda, Prezident Mirziyoyev partiyasiga yetakchilik qilayotgani uchun kerilib yurganlikda tanqid qilayotganlarga Haitov nima deydi? Qolaversa, O'zLiDep prezident bilan qanchalik yaqindan ishlaydi? Hozirgi kurash qanchalik real?
Bir paytlar Islom Karimov qatorida prezidentlik uchun nomzodi qo'yilgan Narimon Umarov "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi lideri sifatida O'zbekiston xalqiga farovon kelajak, oshkoralik, barqarorlik va islohotlarni jadallashtirishni va'da qilmoqda. Nega unga ishonish kerak? 1990-yillar boshidan beri siyosiy dargohlarda xizmat qilib kelgan Umarov uzoq davr O'zbekistondagi achchiq haqiqatlar haqida og'iz ochmagan. "Ochganmiz", - deydi u, "ichki siyosat bor edi, o'sha yerda gapirganmiz." Saylov oldidan "Adolat" yetakchisi bilan muloqot.
Facebook Forum