22-dekabr kuni O'zbekistonda Oliy majlis va mahalliy kengashlar uchun umumxalq saylovi bo'lib o'tadi. Kun davomida bu jarayonni jonli tarzda blogimizda kuzatib boring.
Partiyalar orasida saylov kampaniyalari qanchalik haqqoniy o'tdi? Ular hokimiyat uchun haqiqiy kurash olib bordimi?
Shu haqda tayyorlagan lavhalarimiz bilan tanishing.
Saylov - 2019: partiyalar hokimiyat uchun kurashyaptimi?
Saylov - 2019: bahslar qanchalik haqqoniy?
"Amerika Ovozi" O'zbekistondagi saylovlarda ishtirok etayotgan partiyalar haqida tahliliy materiallar tayyorladi. Har bir partiyaning bu saylovda olg'a surayotgan va'dalari, ularning qanchalik o'zgargani, o'ziga xos saylov kampaniyasi, kutilayotgan va kutilmayotgan o'zgarishlar mavzusini taftish qildik.
Quyida shu turkumdagi maqolalarimiz bilan tanishing.
Saylov - 2019: Liberal-demokratik partiyadan katta va'dalar
O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bu safargi islohotlar va’dasini Prezident Shavkat Mirziyoyev yetakchiligida amalga oshirmoqchi.
Yakuniga yetgan navbatdagi saylov kampaniyasi davrida hukumat partiyasi, uch yildan buyon boshqaruvda bo’lgan Prezident Mirziyoyev kabi, katta va'dalar bilan sahnaga chiqdi.
Matbuotda ham, saylov debatlari davomida ham so’nggi o’n yillik davomida nomzodlari hokimiyatda bo’lgan, mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy siyosatni belgilab kelgan liberal-demokratlar partiyasi jiddiy so’roqlarga tutilmadi.
Saylov-2019: XDP ijtimoiy qashshoqlikni yoqlashda tanqid qilinmoqda
Ayni paytda Oliy Majlisning har ikki palatasi raisi (Tanzila Norboyeva, Nurdinjon Ismoilov), shuningdek, istiqbolli ko’rilayotgan bosh vazir o’rinbosari Ochilboy Ramatov ham XDP faoli ekani inobatga olinsa, mazkur partiyaning bosh vazirni taqdim etish uchun kurash da’vosi nazariy jihatdan bir qadar jiddiy ko’rinadi.
Saylovga sobiq ta’lim vaziri Ulug’bek Inoyatov yetakchiligida kirib kelgan XDPni mamlakatdagi eng keksa siyosiy partiya deyish mumkin. XDP Sovet Ittifoqi parchalanishi ortidan inqirozga uchragan O’zbekiston kommunistik partiyasi negizida tashkil etilgan edi.
Saylov-2019: "Milliy tiklanish" populizmga eng ko'p berilgan partiyami?
O'zbekistonda parlament saylovlari yaqinlashar ekan, partiyalar orasida tarafdor yig'ish uchun kurash kuchaygani aytilmoqda. Ammo, deydi kuzatuvchilar, saylov kampaniyasi davomida yangrayotgan ko'p da'volar populistik chiqishlardan boshqa narsa emas.
Ijtimoiy so’rovlarda 30 foizdan oshiq qo’llovga ega bo’lgan “Milliy tiklanish” partiyasi ayni paytda bayonotlari eng ko’p e’tiroz uyg’otgan partiya sifatida tilga olinmoqda.
Saylov-2019: AES qurilishini qo’llayotgan O’zbekiston Ekologik partiyasi
O’zbekiston Ekologik partiyasi - huquqiy tomondan parlament saylovlarida ishtirok etayotgan eng yosh siyosiy kuch - shu yilning yanvar oyida Adliya vazirligi ro’yxatidan o’tkazilgan edi.
Ammo partiya bungacha ham O’zbekiston ekologik harakati maqomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 15 deputatlik o’rniga imtiyozli tarzda egalik qilib kelgan.
Harakat siyosiy partiyaga aylanishi ortidan parlamentga kirish uchun kurashmoqda. Partiya rahbari, Qonunchilik palatasi raisi o’rinbosari Boriy Alixonov, avvaldan harakatga yetakchilik qilib kelgan.
Yangi O'zbekiston - eski saylovlar?
Daryo.uz nashri Surxondaryoda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O'zLiDeP) mahalliy kengashga ko’rsatilgan nomzod Dilbar Saidovaning bir muddat o’tib O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) nomzodiga aylanib qolishi tarixi yuzasidan maqola e’lon qilgan.
Unda yozilishicha, nomzodi boshqa partiyadan deputatlikka ko'rsatilgan Saidovaning o’zi ham xabarsiz qoldirilgan. Dilbar Saidova o’z nomzodi XDPdan surilishiga qarshilik bildirishi ortidan Markaziy saylov komissiyasi va mahalliy hokimiyat tomonidan bosimga uchragan.
2009-yildan O'zLiDeP a’zosi bo’lgan, bir muddat shu partiya nomidan Qiziriq tuman kengashida deputatlik qilgan, navbatdagi saylovda XDPdan nomzodga aylantirilgan Dilbar Saidova tarixi O’zbekiston hukumatining saylovlar demokratik, ochiq, adolatli o’tayotganiga doir bayonotini shubha ostiga qo’yadi.
Xalqaro tashkilot: O'zbekistondagi islohotlar ruhi saylovda sezilmayapti
Xalqaro kuzatuvchilar fikricha, O'zbekistonda 2019-yil 22-dekabr kuni bo'ladigan Parlament saylovlarida fuqarolar uchun haqiqiy tanlov umkoniyati yo'qligi xavotir uyg'otadi. Bu haqda "Human Rights Watch" tashkiloti chiqargan so'nggi bayonotda aytiladi.
Bu yilgi saylovlar Shavkat Mirziyoyev prezident bo'lgandan beri o'tkazilayotgan ilk ommaviy saylovlar hisoblanadi va shu bois hukumat o'tkazayotgan islohotlarning qanchalik amalga oshayotgani ko'rsatkichi hisoblanadi, deyiladi hujjatda.
O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi lideri Ulug'bek Inoyatov parlament va mahalliy kengashlarga saylov kampaniyasida "qovun tushirgan" siyosatchi deya tilga olinar ekan, oddiy bir savol tug'iladi: Inoyatov o''zi siyosatchimi? Qolaversa, bugungi O'zbekistonda real siyosat, ya'ni mafkuraviy raqobat va kurashga asoslangan maydon bormi? Debatlardan Inoyatov va uning partiyasi nima o'rgandi? Nafaqat ichki balki tashqi siyosatda XDP nimalarni o'zgartirishni istaydi? Yoki bu kampaniya xalqaro hamjamiyat ko'zi uchun uyushtirilgan tomoshami? Partiyalarning liderlari orasidagi oxirgi bahsdan keyinchi chug'ur-chug'ur ichida yuzma-yuz suhbat.
Facebook Forum