Breaking News

Saylov - 2019: O'zbekistonda ovozlarni sanash boshlandi

03:44 22.12.2019

Uzoq yillar ekranda ko'rinmay qolgan telejurnalist Dadaxon Yoqubov 66 yoshida Toshkentdagi siyosiy tadbirlarni kuzatib, yoshlarga o'z tajribasi va bilimini ulashib, muammolarga o'ziga xos yechimnlar taklif qilish bilan band. Orada xorijda ham yashab keldi. Bugungi O'zbekistonni u qanday tahlil qilmoqda?

03:45 22.12.2019

Toshkent, 15-dekabr, 2019: Oliy Majlis, viloyat va tuman kengashlariga o'z nomzodlari saylanishidan umidvor besh partiya vakillari saylovoldi bahsiga yig'ildi. "Amerika Ovozi" ulardan manfaatlar to'qnashuvi haqida so'radi. Jurnalist va bloger orasidagi farq ham muhokamada bo'ldi.

03:46 22.12.2019

"Olmaliq haqiqati" gazetasi bosh muharriri, Telegramda "Olmaliq hayoti" kanali yurituvchisi Dilfuza Ro'ziyeva bugungi vaziyatni izohlar ekan, o'zi guvoh bo'layotgan og'ir masalalarga urg'u berib, adolatsizlik hollari hamon ko'p kuzatiladi va oshkoralik yetishmaydi, deydi.

03:47 22.12.2019

Jizzax viloyatida huquq himoyasi bilan mashg'ul O'ktam Pardayev Toshkentda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan bu yilgi paxta terimida kuzatilgan muammolarni muhokama qilar ekan, "Amerika Ovozi" nafaqat bu mavzu bilan qiziqdi, balki 22-dekabrgi saylovga munosabat haqida ham so'radi.

Ko'proq...

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG