Breaking News

Demokratlarning Trampga qarshi tanqidlari naf beryaptimi?


Vakillari palatasi spikeri Nensi Pelosi Prezident Donald Tramp nutqini yirtib tashlamoqda, Vashington, 2020-yil, 4-fevral
Vakillari palatasi spikeri Nensi Pelosi Prezident Donald Tramp nutqini yirtib tashlamoqda, Vashington, 2020-yil, 4-fevral

Demokrat qonunchilarning Prezident Donald Trampni impichment qilish harakati natija bermadi. Bu esa Tramp obro’sini tarafdorlari orasida yanada oshirdi. Shunga qaramay, Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Trampni keskin tanqid qilishdan to’xtagani yo’q. Oq uy va Kongressning bundan keyingi aloqalari qanday kechishi esa mavhum.

Ko’plab kuzatuvchilar fikricha, oxirgi uch yilda hech kim Tramp bilan Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosichalik keskin kurashmagan.

Impichment harakati natija bermagach, Pelosining navbatdagi strategiyasi qanday bo’lishi hozircha mavhum.

“Bo’lib o’tgan ishdan ma’lumki, biz yutdik, siz yutqazdingiz”, - dedi Senatdagi respublikachilar sardori Mich Makkonel.

Kongressda Tramp nutqini yirtib tashlagan Pelosi prezidentga qarshiligini shu tarzda davom ettirishi mumkin.

“Biror narsani o’zgartirmasa ham, tomonlarning qarashini ifodalaydigan ramziy ma’no sifatida bu ko’pchilikning e’tiborini tortyapti”, - deydi tahlilchi Hezr Herlbert.

Respublikachilar ham hujumga o’tmoqda. Saylovchilar esa bunday ziddiyatni xushlamasligi mumkin.

“Respublikachilar impichmentni yoqlab ovoz bermasligini demokratlar biladi. Maqsad nima unda? Bu narsa siyosiy jihatdan demokratlarga zarar yetkazishini ham tushunishadi”, - deydi Jorj Vashington universiteti tadqiqotchisi Met Dallek.

Impichment tugasa ham, demokratlar prezidentni taftish qilishda davom etmoqda.

Saylov bo’yicha maslahatchi Rojer Stoun kabi Tramp ittifoqchilari ustidan davom etayotgan sud ishlari mashmashani yanada kuchaytiradi.

“O’z siyosiy manfaatlari yo’lida prezident yana federal qonunlarni buzib, vakolatini suiiste’mol qilmoqda. U doim shunaqa. O’zini qonundan ustun deb biladi, qonunni hurmat qilmaydi. Qonun ustuvorliginining bu qadar oshkora buzilishiga qarshi nega ruspublikachilar gapirmayapti?” – dedi Nensi Pelosi.

Saylov yilida respublikachilar prezident haqida salbiy fikr bildirishdan tiyiladi. Vakillar palatasida ham ular demokratlar tashabbusiga qo’shilmasligi aniq.

Pelosi esa o’z yo’lida qat’iy. Siyosiy oqibatlariga qaramay, Trampni nishonga olishda davom etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG