Breaking News

Saylov-2020: Bayden yoki Sanders?


77 yoshli Jo Bayden Oq uyga saylanish umidida
77 yoshli Jo Bayden Oq uyga saylanish umidida

10-mart kuni olti shtatda prezidentlik uchun demokratlar o’rtasida saralash jarayoni kechdi. Partiyadan yagona nomzodlikni qo’lga kiritish uchun asosan Vermont shtati senatori Berni Sanders va sobiq vitse-prezident Jo Bayden kurashmoqda. 77 yoshli Bayden Michigan, Missuri va Mississippida 78 yoshli Sandersdan ustun kelgan. O’tgan hafta yana 10 shtatda g’alaba qozongan Bayden poygada peshqadamlik qilmoqda.

“Super seshanba”da qo’lga kiritgan g’alabalari ortidan Jo Bayden Missuri shtatida tarafdorlari bilan uchrashdi. 10-mart kuni Michigan, Aydaxo, Mississippi, Shimoliy Dakota, Vashington va Missuri shtatlarida ham partiyaviy saylov bo’lib o’tdi.

Sanders esa bu kuni Illinoys shtatida kampaniya olib bordi. Bu yerda partiya saylovi 17-martda bo’ladi.

Boshqa da'vogarlar poygani tark etgan. Saut-Bend shahri sobiq meri Pit Butejej, Minnesota shtati senatori Eymi Klobushar va Nyu-York shahar sobiq meri milliarder Mayk Blumberg kampaniyalarini to'xtatib, Baydenni qo’llashini e’lon qilgan.

Yana bir sobiq nomzod, Kaliforniya shtati senatori Kamala Harris ham Bayden tarafida.

“Katta ishtiyoq bilan AQSh prezidentligi uchun Jo Baydenni qo’llab-quvvatlashga qaror qildim”, - dedi u.

Bundan ajablanmasa ham bo’ladi, dedi Sanders.

“Odamlar Bayden atrofiga yig’ilib, meni mag’lub qilishga urinishi matbuot ohangidan va rahbariyat xohlagan narsa ekani ma’lum edi”, - dedi Sanders.

Baydenga ko’ra, sotsialist Sanders saylovchilarni o’ziga jalb qila olmaydi.

“Har bir irq, millat, jins va iqtisodiy ahvoldagi amerikaliklarni, demokratlar, respublikachilar va partiyaga mansub bo’lmaganlarni birlashtirishga va’da beraman”, - dedi Bayden.

Sanders oddiy mehnatkashlar va yosh saylovchilar quvvatlovidan umidvor.

“Biz g’alaba qozonamiz. Kaliforniyani yutdik, Yuta, Kolorado va Vermontni yutdik. Bundan oldin uchta shtatda ko’pchilik ovozlarni qo’lga kiritdik. Michigan, Vashington va boshqa joylarda ham shunday natijani kutyapman”, - dedi u.

Fuqarolik huquqlari yetakchisi Jessi Jekson 8-mart kuni Sandersni yoqlashini e’lon qildi. Bu afro-amerikaliklar orasida Sanders tarafdorlari ko’payishiga hissa qo’shishi mumkin. Shu paytgacha asosan qora tanlilar Baydenni qo’llab-quvvatlayotgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG